Prеss-rеliz

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi: yuksak mavqe va mas’uliyat

1-sentyabr kuni O‘zbekiston xalqi davlat mustaqilligining 28 yilligini nishonlaydi. Respublikamiz barcha fuqarolari uchun bu muxim tarixiy sanadir. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz barcha sohalarida: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, jumladan, fuqaro aviatsiyasida ham katta yutuqlarga erishdi.

Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasida ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar yuzberdi. Havo kemalar parki yangilandi, aerovokzallar qiyofasi sezilarli darajada o‘zgardi, yo‘lovchilar va aviatexnikaga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Milliy aviakompaniya yo‘nalishlar geografiyasini kengaytirib,  dunyoning barcha qit’alariga parvozlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. «Uzbekistan Airways» laynerlari Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlariga 60dan  ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha parvoz qilmoqda hamda Alyaskadan Yangi Zelandiyagacha charter qatnovlarini bajarmoqda.

Xalqaro standartlarga mos  samarali qonuniy baza yaratildi. O‘zbekiston havo kengligidan foydalanuvchilar faoliyati va munosabatlarini tartibga soluvchi Havo kodeksi aviakompaniya faoliyatidagi asosiy hujjat bo‘ldi. Unda respublika hududida aviatsiya ishlari, xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat xalq xo‘jaligi va fuqarolarining ehtiyojlarini qondirish tartibi belgilangan.  Unda respublika hududida aviatsiya ishlari, xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat xalq xo‘jaligi va fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish tartibi belgilangan.

Havodagi harakatni boshqarish tizimi takomillashtirildi va modernizatsiya qilindi.  O‘zbekiston havo kengligidan foydalanuvchilar soni va parvozlar xavfsizligini yanada oshirish imkonini beruvchi yangi aeronavigatsion tizimlar joriy etildi.

Aerovokzal majmualari va uchish-qo‘nish yo‘lkalari rekonstruksiyasi hamda yangi terminallar qurilishi bo‘yicha infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi mamlakatimiz barcha aeroportlarini ICAO xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish, parvozlar xavfsizligini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini berdi. 

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi bosib o‘tgan yo‘lga nazar tashlab, shuni aytish mumkinki,  erishilayotgan natijalar, birinchi navbatda, davlatimizning chuqur o‘ylangan va to‘g‘ri yo‘naltirilgan  siyosati, xalqimizning xavfsiz va munosib hayoti, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikning mevasidir. Va, albatta, sohani tubdan takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni uning tarixida eng asosiy va muhim voqea bo‘ldi.

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy sohasining muhim qismi hisoblangan fuqaro aviatsiyasi O‘zbekiston rahbariyati belgilab bergan  talablarga javob berishi lozim.  Chunki, zamonaviy aeroport infratuzilmasi, parvozlarning xavfsiz, ishonchli va barqarorligi mamlakatda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik va investitsion muhitning bir qismi bo‘lib, mustahkam xalqaro hamkorlik hamda respublika  suvereniteti mustahkamlanishi va uning jahonda munosib  nufuzi shakllanishining kafolatidir.

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

“O‘zbekiston havo yo‘llari” beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qildi

"O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi: yangi tarix ko‘zgusida

“O‘zbekiston havo yo‘llari” navbatdagi Boeing 787-8 Dreamliner yo‘lovchi avialaynerini qabul qildi

Milliy aviakompaniyaning ikkinchi Airbus A320neo avialayneri O‘zbekistonga yetib keldi

Milliy aviakompaniyaning Airbus A320neo avialayneri O‘zbekistonga yetib keldi

“Termez” xalqaro aeroportining yangi yo‘lovchi terminali

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi: yangi tarix ko‘zgusida

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi: yuksak mavqe va mas’uliyat

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK navbatdagi terminalni ishga tushirdi

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yangi uchib kelish terminali ishga tushirildi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yana bitta "Boeing-787 Dreamliner" samolyotini qabul qildi

28-yanvar -“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil topgan kun

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi: mustaqillik qanotlarida

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

"O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi: yuksak mavqe va taraqqiyot sari ishonchli qadam

"O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi - 25 yil:Buyuk tarix va kеlajakka ishonchli nigoh

"O‘zbekiston Drimlaynerlarida - to‘g‘ridan-to‘g‘ri Nyu-Yorkka

«O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining ikkinchi BOEING 787-8 Dreamliner samolyotini tantanali kutib olish

"Orzu layneri" - O'zbekistonda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi A320 samolyoti trenajori - Full-flight-simulyator ishga tushishi munosabati bilan brifing

O’zbekiston fuqaro aviatsiyasi: yuqori nufuz va taraqqiyotga ishonchli qadam

«O‘zbеkiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tashkil topganligining 24 yilligi va «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasida samolyotlarning kompozit matеriallarini ta'mirlash Markazining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir

8532

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: