Bagaj olib ketish uchun yangi me'yorlar va stavkalar

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK  2018-yilning 1-martidan boshlab Toshkent-Pekin-Toshkent yoʻnalishida bagajni joylar soniga qarab qabul qilishni  (PIECE CONCEPT) boshlaydi

Shu munosabat bilan, me’yordan ortiqcha bagaj va maxsus toifadagi bagaj uchun quyidagi me’yorlar va stavkalar kiritiladi:

  • Biznes klass: 2 ta roʻyxatdan oʻtkaziladigan yuk, har birining tashqi oʻch oʻlcham (boʻyi, eni va chuqurligi) yigʻindisi 158 sm dan, ogʻirligi 32 kg dan oshmasligi kerak.
  • Iqtisodiy klass: 1 ta roʻyxatdan oʻtkaziladigan yuk, har birining tashqi oʻch oʻlcham (boʻyi, eni va chuqurligi) yigʻindisi 158 sm dan, ogʻirligi 32 kg dan oshmasligi kerak.
  • Biznes va iqtisod klassdagi 2 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 ta roʻyxatdan oʻtkaziladigan yuk, har birining tashqi oʻch oʻlcham (boʻyi, eni va chuqurligi) yigʻindisi 115 sm dan, ogʻirligi 10 kg dan oshmasligi kerak.
  • Toshkent-Pekin  yoʻnalishida me’yordan ortiqcha bagaj va maxsus toifadagi bagajga haq toʻlash stavkasi -  75 EUR
  • Pekin - Toshkent  yoʻnalishida me’yordan ortiqcha bagaj va maxsus toifadagi bagajga haq toʻlash stavkasi -   140 USD

Izoh:

2018-yilning 1-martiga qadar rasmiylashtirilgan aviachipta toʻliq ishlatilmagan boʻlsa, uning uchish sanasini oʻzgartirganda  yuk olib ketish me’yori PIECE CONCEPT qoidalariga binoan oʻzgartiriladi (ya’ni aviachipta qaytadan yozilayotganda bagaj olib ketish me’yori PIECE CONCEPT shartlari boʻyicha qoʻlda kiritiladi – iqtisodiy klass uchun 1 ta joy 23 kg gacha va biznes klass uchun har biri 23 kg gacha 2 ta joy), bunda me’yordan ortiqcha bagaj va maxsus toifadagi bagajga haq toʻlash stavkasi yangi me’yorlar boʻyicha oʻrnatiladi.

2018-yilning 1-martiga qadar rasmiylashtirilgan va qisman foydalanilgan aviachiptaning qaytish  qismidagi sana oʻzgartirilganda, ilgarigi yuk olib ketish me’yori saqlab qolinadi, ya’ni WEIGHT CONCEPT - iqtisodiy klass uchun 30 kg va biznes klass uchun – 40 kg.

2021

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: