Belorussiya

YEI va Belarus Respublikasi hududiga karantin mahsulotlarini olib kirish taqiqlanganligi toʻgʻrisidagi axborot         

Hurmatli yoʻlovchilar!

Belarus Respublikasi hukumatining talablariga muvofiq, Belarus Respublikasi va Yevropa iqtisodiy ittifoqi hududiga fitosanitar sertifikati boʻlmagan karantin ostidagi  mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj sifatida ham, qoʻl yuki sifatida ham olib kirish taqiqlanadi.

Taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlarga quyidagilar kiradi:

- ekiladigan va yovvoyi oʻsimliklarning urugʻlari;

- urugʻli kartoshka va ovqatga ishlatiladigan kartoshka

- mevali, manzarali, daraxt-boʻta, gulli va boshqa oʻsimliklar, tuvakdagi oʻsimliklar, rezavor meva oʻsimliklar;

- tirik oʻsimliklar va ularning qismlari (qalamchalari, tugunaklari, ildizpoyasi,ildizmevasi, piyozi va b.)

- tirik hasharotlar, shu jumladan kapa, qurt va boshqa zararli organizmlar;

- tirik zamberugʻlar, bakteriyalar, viruslar – oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchilar;

- hasahrotlar kolleksiyasi,  turli oʻsimliklarning urugʻlari va gerbariylari;

- uchta guldastadan ortiq uzilgan gullar;

- umumiy ogʻirligi 5 kg dan ortiq fitosanitar xavfi yuqori boʻlgan oʻsimlik mahsulotlari (yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar va razavoq mevalar, yogʻoq, quruq mevalar, un, yorma va b.)

Belarus Respublikasi va Yevropa iqtisodiy ittifoqi hududiga karantin ostidagi  mahsulotlarni olib kirish talablari buzilganda barcha mahsulot olib qoʻyiladi va yoʻq qilinadi.

Ushbu talablarga qat’iyan  rioya etishingizni soʻraymiz.

 

Belorussiya Respublikasining bojxona qoidalari

OLIB KIRISH:

Majburiy yozma deklaratsiya qilinishi shart bo’lgan shaxsiy iste’mol tovarlari ro’yxati:

- Kuzatib boriladigan (shu jumladan qo’l yuki tarkibida) tashiladigan shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlarning umumiy og’irligi 50 kg dan va(yoki) umumiy summasi 10000 Evrodan oshsa;

- 3 litrdan ortiq alkogol ichimliklar va(yoki) pivo;

- Umumiy summasi 10000 AQSH dollaridan ortiq bo’lgan naqd pul vositalari va(yoki) yo’l cheklari;

- Pul vositalari – veksel, bank cheklari, qimmatbaho qog’ozlar va h.k.;

- Tamaki va tamaki mahsulotlari: 200 sigaretadan, yoki 50 ta sigar (sigarill), yoki 250 gr tamaki, yoki 250 gr tamaki mahsulotlari assortimentidan ortiq;

- og’irligi 35 kg dan ortiq bo’linmaydigan tovarlar;

- Etil spirti.

Olib kirishi taqiqlangan va/yoki cheklangan tovarlar ro’yxati (asosiylari):

- 18 dan oshgan (18 ga kirmaganlarga olib kirish taqiqlangan) bir kishi hisobiga 5 litrdan ortiq etil spirti yoki alkogolli mahsulotlar;

- 18 dan oshgan (18 ga kirmaganlarga olib kirish taqiqlangan) bir kishi hisobiga 200 sigaretadan, yoki 50 ta sigar, yoki 250 gr tamaki, yoxud ko’rsatilgan tamaki mahsulotlarining umumiy og’irligi 250 gr dan ortiq to’plami;

- xizmat va noharbiy qurol-aslahalar, ularning asosiy qismlari va patronlari;

- narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari;

- tashish taqiqlangan bosma, audiovizual va boshqa axborot tashuvchilardagi axborotlar;

- shifrlovchi (kriptograf) vositalar;

- maxfiy axborot olish uchun mo’ljallangan maxsus texnik vositalar;

- noharbiy maqsadlardagi radioelektron vositalar va (yoki) yuqori chastotali qurilmalar, shu jumladan olib kirishi cheklangan tovarlar ichiga o’rnatilgan yoxud tarkibiga kiruvchi vositalar;

- xavfli chiqindilar;

- narkotik vositalar va psixotrop moddalarning prekursorlari hisoblanmaydigan zaharli moddalar;

- ozon qatlamga ziyon yetkazuvchi moddalar;

- 2001-yil 22-maydagi barqaror organik ifloslantiruvchilar to’g’risidagi Stokgolm konvensiyasida ko’zda tutilgan o’simliklarni himoya qilish vositalari;

- suvdagi biologik resurslarni chiqarib olish (ovlash) qurollari;

- odam organlari va (yoki) to’qimalari, qon va uning komponentlari.

OLIB CHIQISH:

Majburiy yozma deklaratsiya qilinishi shart bo’lgan shaxsiy iste’mol tovarlari ro’yxati:

- Madaniy boyliklar;

- Umumiy summasi 10000 AQSH dollaridan ortiq bo’lgan naqd pul vositalari va(yoki) yo’l cheklari;

- Pul vositalari – veksel, bank cheklari, qimmatbaho qog’ozlar va h.k.;

- Olib chiqish taqiqlangan va/yoki cheklangan tovarlar;

Olib chiqish taqiqlangan va/yoki cheklangan tovarlar ro’yxati (asosiylari):

- xizmat va noharbiy qurol-aslahalar, ularning asosiy qismlari va patronlari;

- narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari;

- olib kirish taqiqlangan bosma, audiovizual va boshqa axborot tashuvchilardagi axborotlar;

- yer osti boyliklari to’g’risidagi tashqariga olib chiqish cheklangan axborotlar;

- shifrlovchi (kriptograf) vositalar;

- maxfiy axborot olish uchun mo’ljallangan maxsus texnik vositalar;

- xavfli chiqindilar;

- narkotik vositalar va psixotrop moddalarning prekursorlari hisoblanmaydigan zaharli moddalar;

- ozon qatlamga ziyon yetkazuvchi moddalar;

- qora va rangli metallarning chiqindilari va parchalari;

- ishlov berilmagan qimmatbaho metallar, qimmatbaho metallarning chiqindilari va parchalari, qimmatbaho metallarning va tarkibida qimmatbaho metallari bo’lgan xom-ashyo tovarlarining rudalari va konsentratlari;

- mineral xom ashyo (tabiiy ishlov berilmagan toshlar);

- yovvoyi holda o’sadigan dorivor xom-ashyolarning (o’simliklar, ularning qismlari, urug’lari, mevalari) har bir turidan uch namunadan ortig’i;

- yovvoyi tirik hayvonlar va alohida yovvoyi holda o’sadigan o’simliklarning (ovchilik va baliqchilik o’ljalaridan tashqari) har bir turidan uch namunadan ortig’i;

- 1973-yil 3-martdagi yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to’g’risidagi konvensiyaga kiradigan yovvoyi fauna va flora turlari;

- Belorussiya Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Qizil kitoblariga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o’simliklar, ularning qismlari va (yoki) hosilalari;

- odam organlari va (yoki) to’qimalari, qon va uning komponentlari.

- mineralogiya va paleontologiya bo’yicha kolleksiyalar va kolleksiya ashyolari;

- milliy arxiv fondi hujjatlari, arxiv hujjatlari asl nusxalari;

- madaniy boyliklar;

DIQQAT! “Yashil” va “qizil” yo’lak deb ataladigan tizimlar ko’zda tutilgan. Belorussiya Respublikasining bojxona qoidalari bilan Davlat bojxona qo’mitasining www.customs.gov.by saytida batafsil tanishish mumkin.

Kuchuklar va mushuklarni olib kirishda Belorussiya Respublikasining veterinar talablari

Hayvonlarning yuqumli kasalliklaridan xoli hududlardan klinik sog’lom kuchuklar va mushuklarni olib kirishga ruxsat eriladi.

Xalqaro pasport bo’yicha 2 tadan ko’p bo’lmagan kuchuk va mushukni ruxsatnomasiz va karantinga qo’ymasdan olib kirishga ruxsat etiladi, bunda xalqaro pasportda jo’nab ketishdan oldin 5 kun mobaynida vakolatli organ tomonidan klinik ko’rikdan o’tkazilganligi to’g’risidagi belgi bo’lganida u veterinar sertifikatga tenglashtiriladi.

Muloqot uchun telefonlar: (017) 279-12-15, 279-16-90.

4172

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: