Bortkuzatuvchi bo‘lish istagidagilar e’tiboriga

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi qiz va yigitlarni bortkuzatuvchi lavozimiga oʻqish uchun tanlov e‘lon qilmoqda. Anketa-arizalar MAK Uchuvchilar majmuasida joriy yilning 23-noyabriga qadar (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soat 09-00 dan 12-00 gacha qabul qilinadi.

Bortkuzatuvchi lavozimiga oʻqish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi,
  • Yoshi - 18 dan 25 yoshgacha. Tanlov o‘tkazilayotgan vaqtda 18 yoshga yetmagan yoki 25 dan oshgan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar,
  • ma’lumoti: to`liq o`rta, o‘rta maxsus (akademik litsey, kasb-hunar kolleji), oliy ma’lumotli. Oʻrta yoki oʻrta maxsus ta’ʻlim Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan boʻlsa, diplom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat test markazida nostrifikatsiyadan oʻtgan boʻlishi shart.
  • Davlat, rus va ingliz tillarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli hajmda bilishi kerak. Qoʻshimcha chet tillarni bilishiga alohida e’tibor beriladi.

Tashqi koʻrinishiga boʻlgan talablar:

  • bo‘yi, qizlar uchun - 162 sm.dan 175 sm gacha,
  • bo‘yi, yigitlar uchun -165 sm.dan 185 sm.gacha
  • Xushbichim, kelishgan qaddi qomatli (og‘irligi bo‘yiga mutanosib bo‘lishi kerak), yuzida va tana tuzilishida ko‘rinib turadigan tashqi nuqsonlar bo‘lmasligi, nutqi ravon boʻlishi, sochlar batartib turmaklangan (tabiiy rangda) bo‘lishi zarur.

Anketa-arizani to‘ldirishda quyidagi hujjatlarning nusxasi ilova qilinsihi kerak:

  • pasport,
  • ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va baholar varaqasi nusxasi,
  • harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun),
  • mehnat daftarchasi (mehnat staji boʻlganda),
  • til bo‘yicha tayyorgarlik kurslarini tugatganlik haqida guvohnoma (mavjud boʻlsa).

Agar nomzod ism-sharifi o‘zgargan bo‘lsa tegishli hujjatni taqdim etishi lozim (nikoh guvohnomasi va boshqalar).

Anketa-ariza topshirilayotgan vaqtida yonida pasport asl nusxasi va 6x9 o‘lchamdagi bitta fotosurat (fotosurat rangli, aniq, roʻbaru boʻlib tushgan (yonlamasiga emas, oq yoki havo rang fonda) boʻlishi kerak.

Bortkuzatuvchilarni tayyorlov mashg‘ulotlari Milliy aviakompaniyaning Toshkent shahridagi O‘quv-mashq markazida o‘tkaziladi.

Ma’lumotlar olish uchun telefon: 215-54-49.

1108

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: