Bortkuzatuvchi lavozimiga tanlov

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida bortkuzatuvchi lavozimiga boʻsh ish oʻrinlari ochildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi faoliyati kengayganligi munosabati bilan bortkuzatuvchi (qizlar va yigitlar) lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Siz shuningdek ushbu tanlov haqida bilimi va malakasi quyida koʻrsatilgan talablarga mos keladigan doʻstlaringiz va tanishlaringizga bildirishingiz mumkin.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi

2. Yoshi - 18 dan 25 yoshgacha. Tanlov o‘tkazilayotgan vaqtda 18 yoshga yetmagan yoki 25 dan oshgan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar.

3. Ma’lumoti –o‘rta maxsusdan (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) past bo‘lmasligi kerak. Ta’lim Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan boʻlsa, diplom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat test markazida nostrifikatsiyadan oʻtgan boʻlishi shart.

- Davlat, rus va ingliz tillarini bilish shart. Qoʻshimcha chet tillarni bilishiga alohida e’tibor beriladi.

5. Tashqi koʻrinishiga boʻlgan talablar:

Bo‘yi: - 162 sm dan 175 sm gacha – qizlar uchun

- 165 sm dan 185 sm gacha – yigitlar uchun

- Xushbichim, kelishgan qaddi qomatli (og‘irligi bo‘yiga mutanosib bo‘lishi kerak), yuzida va tana tuzilishida ko‘rinib turadigan tashqi nuqsonlar bo‘lmasligi, sariq va oq metallardan tish qoplamalari bo‘lmasligi, nutqi ravon boʻlishi, tanasining koʻrinib turadigan joylarida pirsing va tatuirovka bo‘lmasligi kerak, sochlar batartib turmaklangan va tabiiy rangda bo‘lishi, erta soch toʻkilish belgilari boʻlmasligi zarur. Yigitlarga soqol va moʻylov qoʻyishga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun anketa-arizalar Uchuvchilar majmuasida 2018-yilning 15-martiga (15-mart kuni ham) qadar, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari, soat 09-00 dan 12-00 gacha qabul qilinadi.

Arizaga quyidagi hujjatlarning nusxasi ilova qilinishi kerak:

- pasport,

- ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va baholar varaqasi nusxasi,

- harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun),

- mehnat daftarchasi (mehnat staji boʻlganda),

- til bo‘yicha tayyorgarlik kurslarini tugatganlik haqida guvohnoma (mavjud boʻlsa),

Familiyasi oʻzgargan boʻlsa, buni tasdiqlovchi hujjat (nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma va h.k.) ilova qilinishi kerak.

Yonida pasport va 6x9 o‘lchamdagi bitta fotosurat bo‘lishi kerak. Fotosurat rangli, aniq, roʻbaru boʻlib tushgan( yondamasiga emas), oq yoki havo rang fonda boʻlishi kerak.

Tanlovda nomzodlarning umumiy saviyasi va ong-bilim darajasiga katta e’tibor beriladi: ular Oʻzbekiston Respublikasining tarixi va geografiyasi, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, tarixiy va milliy qahramonlarimizning biografiyasi, dunyo geografiyasi va tarixi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish kerak.

Tanlov oʻtkazish vaqtida tanlov ishtirokchilari javoblari audio/video yozuviga olinadi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Sog‘liqqa qo‘yiladigan talablar o‘ta yuqori. Parvoz ishlariga layoqatlilik haqida xulosani vrachlik–uchuvchilar ekspert komissiyasi beradi.

Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar Milliy aviakompaniyaning Toshkent shahridagi O‘quv-mashq markazida o‘qitiladilar.

Ma’lumotlar olish uchun telefon: 254-49-55. Qoʻngʻiroqlar har kuni, bayram, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari soat 09:00 dan 16:00 qabul qilinadi.

2079

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: