Buyuk Britaniya

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: YeIga a'zo bo'lmagan mamlakatdan Buyuk Britaniyaga bojsiz olib kirish mumkin: - 200 dona sigaret yoki 100 dona sigarill yoxud 50 dona sigara, yoki 225 g tamaki; - 22 darajadan yuqori bo'lgan o'tkir spirtli ichimliklar - 1 l yoki tarkibida 22 darajagacha spirt bo'lgan vino va likyorlar - 2 l.; - 16 l. pivo; - 4 l. oddiy vino;

2. Zargarlik buyumlari. Shaxsiy narsalar, shuningdek, zargarlik buyumlari, qimmatbaho buyumlar va qiymati 4000 evrodan ortiq bo'lgan buyumlar deklaratsiyalanishi lozim.

3. Avtomobillar va benzin. Transport vositasini shaxsiy foydalanish uchun 6 oydan ortiq bo'lmagan muddatga olib kirishda S110 bojxona formasini to'ldirish va bir nusxasini o'zida qoldirib, pochta orqali soliqlardan ozod etish Byurosiga (National Import Reliefs Unit) yuborish lozim. Avtoulovni chegarada deklaratsiyalash talab qilinmaydi. Avtoulovni bojsiz olib kirilishining sharti uni belgilangan muddati tugagunga qadar olib chiqilishi. Talabalar yoki shartnoma bo'yicha ishlayotgan shaxslar o'zining o'qishi yoki shartnomasi davrida transport vositasini bojsiz olib kirishi mumkin. O'qish yoki shartnoma muddati tugagach transport vositasini olib chiqishi lozim. Mamlakatdan chiqib ketishda bojxona shakli nusxasini yuqorida qayd etilgan organga yuborish kerak bo'ladi. Olib kirilgan transport vositasining Buyuk Britaniya hududida amal qiladigan straxovanie (sug'urta) qildirganligi to'g'risidagi hujjati bo'lishi lozim. Avtoulovning baki hajmida shaxsiy foydalanish uchun benzin olib kirish mumkin.

4. Buyuk Britaniyaga olib kirish taqiqlanadi: harbiy anjom , portlovchi moddalar, o'q otish quroli , litsenziyalanmagan dori-darmonlar, pornografik materiallar, qalbaki mahsulot, shuningdek, go'sht, baliq, asal, tuxum, sut va hayvonlardan olinadigan boshqa mahsulotlar.Yuqorida qayd etilgan oziq-ovqat mahsulotlari shaxsiy iste'mol uchun cheklangan miqdorda olib kirilishi mumkin.

5. Boshqa narsalar. Buyuk Britaniyaga shaxsiy samolyoti yoki yaxtasida keladigan chet elliklar 390 yoki 270 f.st. Miqdoridagi itovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin.

3777

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: