Chet el fuqarolari uchun viza qoidalari

Chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini soddalashtirish.

2020-yil 1-yanvardan Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejimi kiritilgan, (vizasiz rejim 30 kunlik muddatda Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun 2019-yil 20-martdan kiritilgan). Birlashgan Arab Amirliklarining rezident maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan resident vizasi aslini taqdim etadilar.

Shuningdek 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab Xitoy fuqarolari, jumladan, XXR Gonkong maxsus ma’muriy hududini kiritgan holda mamlakat xalqaro aeroportlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga ko‘pi bilan 7 kun muddatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ldilar. XXR fuqarolari DXX Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining yo‘lovchilari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etuvchi tashuvchidan (hozirgi kunda faqat “Uzbekistan Airways” bunday ma’lumotlarni beradi) qaytish chiptasiga ega bo‘lishlari kerak.

Lotin Amerikasining quyidagi 20 nafar davlatlari uchun 2020-yil 1-yanvardan vizalar bekor qilingan: Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadini, Sent-Lyusiya, Bagama orollari Hamdo‘stligi, Sent-Kits va Nevisa, hamda Yamayka Federatsiyasi. Ushbu mamlakat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida vizasiz 30 kun davomida bo‘lishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga 2020-yil 1-yanvardan vizasiz rejim kiritiladi BMT biometrik ruhsatnomaga ega bo‘lgan (“Laissez-Passer” qizil rangdagi pasport) xorijiy davlat fuqarolari uchun ham joriy etiladi. BMT biometrik ruxsatnomaga ega bo‘lgan (“Laissez-Passer” havo rangdagi pasport) xorijiy davlat fuqarolariga kirish vizalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taklif qiluvchi tomoni taklif xati asosida 2 ish kuni mobaynida beriladi. O‘zbekistonga safar qilayotgan, BMT biometrik ruxsatnoma egalari (“Laissez-Passer” havo rangdagi pasport) – xorijiy davlatlar fuqarolari, o‘zlari bilan amal qilish muddati BMT biometrik ruxsatnomasining amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan milliy pasporti (safar hujjari) ham bo‘lishi kerak.

 

O‘zbekiston Respublikasiga MDH mamlakatlari bo‘gan Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘izton, Moldaviya, Rossiya, Ukraina va Qirg‘izistondan kelgan fuqarolar uchun 60 kunlik muddatga vizasiz tartib o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Tojikiston, GFR, Turkiya, Fransiya va Yaponiya, Avstraliya Ittifoqi, Avstriya Respublikasi, Argentina Respublikasi, Bosniya va Gersegovina, Vatikan, Lyksemburg Buyuk Gersogligi, Vengriya, Bruney-Dorussalom davlati, Gretsiya Respublikasi, Irlandiya, Islandiya, Italiya Respublikasi, Kanada, Andorra Knyazligi, Lixtenshteyn Knyazligi, Monako Knyazligi, Belgiya Qirolligi, Daniya Qirolligi, Ispaniya Qirolligi, Niderlandiya Qirolligi, Norvegiya Qirolligi, Shvetsiya Qirolligi, Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi, Mo‘g‘iliston, Yangi Zelandiya, Portugaliya Respublikasi, Bolgariya Respublikasi, Kipr Respublikasi, Malta Respublikasi, Polsha Respublikasi, San-Marino Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Sloveniya Respublikasi, Xorvatiya Respublikasi, Chili Respublikasi, Ruminiya, Slovakiya Respublikasi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolligi, Braziliya Federativ Respublikasi, Finlyandiya Respublikasi, Chernogoriya, Chexiya Respublikasi, Shveysariya Konfederasiyasi va Estoniya Respublikalari fuqarolari O‘zbekistonga 30 kun muddatga vizasiz kirish huquqiga ega.

Elektron vizalarni E-VISA.GOV.UZ portalidan quyidagi mamlakatlar fuqarolari olishlari mumkin (Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan tashqari):

Avstraliya

Avstriya

Albaniya

Andorra

Belgiya

Bolgariya

Bosniya va Gersegovina

Vatikan

Buyuk Britaniya

Vengriya

Germaniya

Gresiya

Daniya

Hindiston

Irlandiya

Islandiya

Ispaniya

 

Italiya

Quvayt

Kanada

Xitoy, Gonkong MAT

Latviya

Litva

Lixtenshteyn

Lyksemburg

Makedoniya

Malta

Monako

Niderlandiya

Yangi Zelandiya

Norvegiya

BAA

Oman

Polsha

 

 

 

Portugaliya

AQSh

Tayland

Finlyandiya

Xorvatiya

Chernogoriya

Chexiya

Shveysariya

Shvetsiya

Estoniya

Ruminiya

San-Marino

Saudiya Arabistoni

Serbiya

Slovakiya

Sloveniya

 

Mamlakatlar ro‘yxati saytning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kengayishi mumkin.

Muhim: portal orqali faqat sayyohlik vizalari beriladi! Elektron viza O‘zbekistonga bir marotaba 30 kun muddatga kirishga ruxsat beradi va berilgan kundan boshlab 90 kun davomida amal qiladi.

Vizasiz tranzit kirish

O‘zbekiston 2018-yilning 15-iyulidan boshlab, 101 mamlakat fuqarolari uchun 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga vizasiz tranzit kirishni joriy etdi. Ushbu mamlakatlardan birining fuqarosida O‘zbekistondan uchinchi davlatga o‘tish uchun "Uzbekistan airways" AJ aviabileti bo‘lishi kerak.

O‘zbekistongav tranzit kirish, vaqtinchalik yashash va vizasiz chiqish ruxsati berilgan davlatlar:

Avstraliya

Avstriya

Albaniya

Aljir

Andorra

Antigua va Barbuda

Argentina

Bagam Orollari

Barbados

Baxreyn

Beliz

Belgiya

Bolgariya

Bosniya va Gersegovina

Braziliya

Bruney-Dorussalom

Butan

Vatikan

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya

Vengriya

Venesuella

Vetnam

Gabon

Gayana

Gvatemala

Germaniya

Gonduras

Grenada

Gretsiya

Daniya

Dominika

Dominik Respublikasi

Hindiston

Irlandiya

Livan

Islandiya

Ispaniya

Italiya

Kanada

Qatar

Kipr

Xitoy, Gonkong

Kolumbiya

Kosta-Rika

Quveyt

Latviya

Litva

Lixtenshteyn

Lyksemburg

Mavrikiy

Makedoniya

Maldiv orollari

Malta

Marokko

Meksika

Monako

Mogiliston

Nauru

Niderlamdiya

Yangi Zelandiya

Norvegiya

BAA

Oman

Palau

Panama

Peru

Polsha

Portugaliya

Ruminiya

San-Marino

Saudiya Arabistoni

Seyshel Orollari

Sent-Vinsent va Grenadina

Sent-Kit va Nevis

Sent-Lyusiya

Serbiya

Slovakiya

Sloveniya

Surinam

AQSh

Tayland

Trinidad va Tobago

Tunis

Turkmaniston

Urugvay

Fidji

Filippin

Finlyandiya

Xorvatiya

Chernogoriya

Chexiya

Chili

Shveysariya

Shvetsiya

Shri-Lanka

Ekvador

Ekvatorial Gvineya

Estoniya

JAR

Yamayka

 

Voyaga etmaganlar uchun O‘zbekistonga viza

16 yoshga to‘lmagan xorijiy davlat fuqarolari uchun quyidagi shartlar asosida O‘zbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi mavjud:

- bolaning xorijga chiqish pasporti yoki biometrik sayohat hujjatining mavjudligi;

- O‘zbekistonga kirish vizasini olgan yuridik (qonuniy) vakili (ota-ona yoki vasiy).

Shu bilan birga, voyaga etmagan fuqaroning yashash muddati u bilan birga kelgan shaxsning vizasi amal qilish muddati bilan cheklanadi, lekin 90 kundan oshmasligi lozim. Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqtida 16 yoshga to‘lgan bo‘lsa, belgilangan tartibda migratsiya bo‘linmalarida viza va fuqarolik rasmiylashtirilishi kerak.

2505

Yuqoriga

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: