Germaniya Federativ Respublikasi

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar. 17 yoshgacha bo'lgan shaxslarga tamaki va alkogol olib kirish taqiqlangan. Bojsiz olib kirish mumkin:- 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki;- o'tkirligi 22 gradusdan ortiq bo'lgan 1 l alkogolli ichimlik yoki 2 l shampan vinosi yoki likyor, 2 l vino.

2. Qurol-yarog' va o'q-dorilar. O'qotar qurol, portlovchi moddalar va o'q-dorilar, shu jumladan elektroshokerlar va gaz ballonchalari (faqat maxsus ruxsatnomalar bilan).

3. Avtomobillar va benzin. Avtomobilda harakatlanganda zahiradagi kanistrada 10 l dan ortiq bo'lmagan benzin olib o'tish tavsiya qilinadi. Mamlakat hududida bo'lish vaqtida avtomobil va bagajga nisbatan bojxona rejimi amal qiladi, bu ularni sotish, ijaraga berish yoki garovga qo'yish, ulardan daromad olish uchun foydalanishga ruxsat berilmasligini anglatadi. Bunday zaruriyat tug'ilgan hollarda, eng yaqin bojxona ofisi bilan bog'lanish va import bojini to'lash zarur. YeH ga a'zo bo'lmagan davlat tomonidan ro'yxatga olingan avtomobilning GFR hududida bo'lish muddati 6 oyni tashkil qiladi. Bu cheklov Germaniyada ta'lim olayotgan talabalar va mamlakatga xizmat yuzasidan borgan shaxslarga tegishli emas. Ular uchun mashinadan shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanish muddati mamlakatda bo'lish davri tugagunga qadar davom etadi.

4. Dori-darmonlar. Germaniyaga litsenziyasi bor dori preparatlarini olib kirishga ruxsat beriladi. Dorilarni olib kirish bo'yicha batafsil ma'lumotlarni HM Customs and Excise Advice Centre, Tel: +44 (0) 20-89-29-01-52 dan olish mumkin.

5. Boshqa buyumlar. 500 g kofe, 100 g choyni bojsiz olib kirish mumkin.

6. Germaniyaga olib kirish cheklangan narsalar: - tirik hayvonlar (Germaniya hududiga hayvonlarni olib kirish tartibi maxsus qoidalar bilan belgilangan);- mo'yna, fil suyagi, teri, hayvonlar va qushlarning tulumlari;- o'simliklar, lo'chatlar, urug'lar va piyozboshlar;- uzun to'lqinli radioperedatchiklar.

7. Olib kirish taqiqlangan:- litsenzyasi yo'q meditsina preparatlari , geroin, morfiy, kokain, amfetaminlar, barbituratlar, LSD va gashish kabi narkotik vositalar;- pichoqlar, xanjarlar, kastetlar, teleskopik to'qmoqlar va shu kabi sovuq qurollar;- tovar belgilari egalarining huquqlarini buzuvchi soxta tovarlar, masalan, soatlar yoki litsenziyalanmagan dasturli kompakt-disklar;- YeH mamlakatlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan go'sht, baliq mahsulotlari, tuxumlar, asal, ayrim hollar bundan mustasno.Bolalar ozuqasi va meditsina maqsadlarida foydalaniladigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berilgan.

3799

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: