Ispaniya

Ispaniyada maxsus joylarda tanlab o'tkaziladigan bojxona nazorati amalga oshiriladi , garchi ispan hududiga kiruvchi chet elliklarning transport vositalarida uning o'tkazilishiga ruxsat berilsa ham. Bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan tovar yoki narsalar tijorat maqsadida olib kirilgan hollarda bojxona deklaratsiyasi to'ldiriladi. Qimmatbaho narsa va buyumlarning olib kirilishi va olib chiqilishiga taalluqli maxsus qoidalar yo'q. Bojxona xizmatlari amaliyotda 10 ming evro bo'lgan yuqoridan belgilangan qiymat chegarasini qo'llaydilar, undan oshgan hollarda deklaratsiyalash (faktura bilan tasdiqlanishi lozim) talab etiladi.

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Yoshi 17 dan oshdan fuqarolarga Ispaniyaga 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki , tarkibida 22 darajadan kam spirt bo'lgan vino va spirtli ichimliklar - 2 l yoki 22 darajadan yuqori bo'lgan o'tkir spirtli ichimliklar - 1 l, 200 g qahva va 100 g choy, 50mlgacha bo'lgan duxi yoki 0,25 l gacha tualetnaya voda bojsiz olib kirishga ruxsat beriladi.

2. Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Ushbu predmetlarni olib kirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanmagan.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar. Qurol-yarog'ning har qanday turi yoki uning qismlarini olib kirish bojxona xizmatiga qurol bilan birga taqdim etiladigan Ispaniya Ichki ishlar vazirligining ruxsati bo'lgan hollardagina amalga oshiriladi. Qurol-yarog'ni chegara orqali olib o'tish nazorati Fuqaro gvardiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

4. Valyuta. Yoshi 17 dan oshgan 1ta odam 10 ming evrogacha bo'lgan naqd pul mablag'larini erkin olib o'tishi mumkin, 10 ming evrodan ortiq pul mablag'lari deklaratsiyalanishi lozim. Agar oilaviy juftlik birga safarga ketayotgan bo'lsa, er-xotinning har biri alohida 20 ming evroni chegara orqali olib o'tishiga rasmiy ruxsat berilmaydi.

5. Avtomobillar va benzin. Boshqa davlatlarning, shuningdek Rossiyaning raqam belgilari bo'lgan avtomobillar bilan kirishda haydovchilik guvohnomasidan tashqari , texnik pasporti va «carta verde» sug'urtasi bo'lishi lozim. Benzinni olib kirish va olib chiqish bo'yicha cheklovlar nazarda tutilmagan. 6. Go'sht-sut mahsulotlarining olib kirilishi taqiqlanadi, iste'moldan oldin sovitilishi talab qilinmaydigan yoki belgilangan namunadagidek tijorat upakovkasi bo'lgan go'sht-sut mahsulotlari bundan mustasno. Tarkibida go'sht yoki sut bo'lmagan oziq-ovqat mahsulotlari kishi boshiga 1kg olib kirilishiga ruxsat beriladi.

7. Boshqa narsalar. Ispaniyada rasmiy ravishda ruxsat berilgan o'yinlar uchun o'yin avtomatlari Ispaniyaning IIVdan o'yinlar bo'yicha Milliy komissiyasi bilan kelishilgan holda olingan litsenziya taqdim etilgandan so'ng olib kiriladi. Ispaniyaga avtomobillarni import qilishda qo'shilgan qiymat solig'i, harakat qilish va davlat raqami olish uchun soliq, shuningdek munitsipial soliq to'lanishi lozim. Barcha toifadagi fuqarolarga avtomobillar olti oy muddatga vaqtincha, talabalarga esa o'qish davrida, mavsumiy ishchilarga ish davrida foydalanish uchun olib kirishga ruxsat beriladi.

3286

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: