Koreya Respublikasi

1. Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Quyidagi olib kirilayotgan tovarlar uchun boj to'lanadi: alkogolli ichimliklar (1 l gacha bo'lgan 1 butilkadan ortiq), tamaki mahsulotlari: sigaret 200 donadan ortiq, sigara 50 donadan ortiq yoki tamaki 250 g dan ortiq miqdorda.

2. Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlar. Shaxsiy foydalanish uchun va keyinchalik olib chiqib ketiladigan zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho soatlarni olib kirishda deklaratsiyada ko'rsatish zarur.

3. Qurol-yarog' va o'q-dorilar: Qurol-yarog', o'q-dorilar, portlovchi va zaharli moddalarni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan.

4. Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Antikvar buyumlar, shuningdek madaniy yodgorliklar sirasiga kiritilgan (maxsus ruxsatsiz) tovarlarni olib kirish/chiqish taqiqlangan.

5. Valyuta. 10 ming AQSh dollariga ekvivalent miqdordan ortiq bo'lmagan pul mablag'larini deklaratsiyada ko'rsatmasdan olib kirish va olib chiqishga ruxsat berilgan.

6. Boshqa buayumlar. Shaxsiy foydalanish uchun zarur bo'lgan va keyinchalik olib chiqib ketiladigan fotouskunalar, mo'ynalar va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib kirishda deklaratsiyada ko'rsatish zarur. 60 ml dan ortiq atir uchun boj to'lanadi.

7. Olib kirish/chiqish taqiqlangan:- tangalar;- Koreya Respublikasi konstitutsiyasi tomonidan «jamoat xavsizligiga tahdid soluvchi» deb talqin qilingan bosma va boshqa materiallar; - narkotiklar va psixotrop moddalar; - hayvonlardan olingan tibbiyot preparatlari, jumladan ayiq o'ti va mushk;- o'simliklardan olingan tibbiyot preparatlari, jumladan turli ildizlar va b.; - zsimliklar, mevalar va sabzavotlar, shuningdek qishloq xo'jalik va o'rmonchilik mahsulotlari (maxsus ruxsatnomasiz).

3950

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: