Мa’lumot uchun

Hurmatli yoʻlovchilar!

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarga joriy yilning 16-iyulidan "Urganch" xalqaro aeroporti texnik sabablar va harorat rejimi sababli vaqtincha yopilishi haqida xabar beradi.

Urganch aeroportining faoliyati texnik ishlar tugaganidan so‘ng qayta tiklanishi rejalashtirilgan.

"Urganch" xalqaro aeroportiga amalga oshiriladigan qatnovlar “Nukus” va “Buxoro” (shahar) aeroportlariga o‘tkazildi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Ma’lumot uchun telefon (998 71)140-02-00.

1356

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: