“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK havo kemalari sahnidagi bahoriy oʻzgarishlar

Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi oʻz yoʻlovchilarini bahor kirib kelishi bilan qutlaydi va ularga toʻliq yangilangan servis mahsulotlari va sahn ovqatlarini taqdim etadi.

Shu yil 1-martdan boshlab boshlab “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning 5 soatdan ortiq davom etadigan parvozlarida biznes-klass yoʻlovchilari uchun yangi dizayndagi va tarkibdagi yoʻl toʻplamlari taklif etiladi. Parvoz paytida zarur boʻladigan servis ashyolaridan tashqari unga kosmetik vositalar – Fransiyaning parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaradigan taniqli kompaniyasining qoʻl uchun namlantiruvchi kremi, lab uchun balzam ham kiritilgan

MAKning oʻrta masofadagi qatnovlarining biznes klass yoʻlovchilari uchun ham yoʻl toʻplamlari yangilandi va toʻldirildi. Yoʻl qalin joʻn roʻmollari va yostiqlarning dizayni va sifati ham oʻzgardi. MDH mamlakatlariga Boeing 767 va Boeing 787Dreamliner havo kemalarida bajariladigan qatnovlarda parvozni qulay oʻtishiga imkon beradigan ergonomik shakldagi yostiqlar taklif etiladi.

Bundan tashqari, yoʻlovchilarning istaklarini hisobga olgan holda MAK xalqaro qatnovlarida sahn ovqatlari turlari yangilandi. Biznes-klass yoʻlovchilari menyusiga yangi turdagi yaxna ovqatlar, desertlar va issiq ovqatlar kiritildi.

Aviakompaniya mutaxassislari servisni yanada yaxshilash boʻyicha ishlarni davom ettiradilar va yoʻlovchilar bu yangiliklarni munosib baholaydilar deb umid qiladilar.

1679

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: