“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bortkuzatuvchi lavozimiga tanlov e’lon qiladi

Tanlovda ishtirok etish uchun anketa-arizalar MAK Uchuvchilar majmuasida 2018-yilning 17-sentabridan 5- oktabriga qadar, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari, soat 09-00 dan 12-00 gacha qabul qilinadi. Anketa–arizalar faqatgina koʻrsatilgan vaqtda qabul qilinadi.

 Bortkuzatuvchi lavozimiga oʻqish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
  • Yoshi - 18 dan 25 yoshgacha (tanlov o‘tkazilayotgan vaqtda 18 yoshga yetmagan yoki 25 dan oshgan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar);
  • to`liq o`rta, o‘rta maxsus (akademik litsey, kasb-hunar kolleji), oliy ma’lumot. oʻrta yoki oʻrta maxsus ta’lim Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan boʻlsa, diplom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat test markazida nostrifikatsiyadan oʻtgan boʻlishi shart.
  • Davlat, rus va ingliz tillarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli hajmda bilishi kerak. Qoʻshimcha chet tillarni bilishiga alohida e’tibor beriladi.

Bo‘yi  162 sm dan 175 sm gacha (og‘irligi bo‘yiga mutanosib bo‘lishi kerak);

Anketa-arizani to‘ldirishda quyidagi hujjatlarning nusxasi ilova qilinsihi kerak:

  • pasport,
  • ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va baholar varaqasi nusxasi,
  • harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun),
  • mehnat daftarchasi (mehnat staji boʻlganda) .
  • til bo‘yicha tayyorgarlik kurslarini tugatganlik haqida guvohnoma (mavjud boʻlsa),

Yonida pasport va 6x9 o‘lchamdagi bitta fotosurat bo‘lishi kerak. Fotosurat rangli, aniq, roʻbaru boʻlib tushgan( yondamasiga emas), oq yoki havo rang fonda boʻlishi kerak.

Arizalar to‘liq komplekt holida qabul qilinadi va qaytarib berilmaydi.

Yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarning birrtasi boʻlmaganda, nomzod tanlovga qoʻyilmaydi.

Tanlovda nomzodlarning umumiy saviyasi va ong-bilim darajasiga katta e’tibor beriladi: ular mamlakatimiz tarixi va geografiyasi, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, tarixiy va milliy qahramonlarimizning biografiyasi, dunyo geografiyasi va tarixi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish kerak.

Tanlov oʻtkazish vaqtida tanlov ishtirokchilari javoblari audio/video yozuviga olinadi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Sog‘liqqa qo‘yiladigan talablar o‘ta yuqori. Parvoz ishlariga layoqatlilik haqida xulosani vrachlik–uchuvchilar ekspert komissiyasi beradi.

Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar Milliy aviakompaniyaning Toshkent shahridagi O‘quv-mashq markazida o‘qitiladi.

Ma’lumotlar olish uchun telefon: 215-54-49. Qoʻngʻiroqlar har kuni, bayram, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari soat 09:00 dan 16:00 qabul qilinadi.

1081

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: