Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

18 Jan 2020

«Uzbekistan Airways» Nyu-York qatnovlarida tariflarni pasaytirmoqda

2020-yil 20 - yanvardan boshlab «Uzbekistan Airways» Toshkent va Samarqanddan Nyu- Yorkka (borish va qaytish) ekonom klass tariflarini pasaytirmoqda. Pasaytirilgan tariflar 2020-yilning 20-yanvaridan 30-apreliga qadar amal qiladi. Zaruriy sanaga aviabiletlar narxini bilish uchun 78-140-02-00 raqamiga qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz. ‌Aviabiletlarni aviakompaniyaning www.uzairways.com rasmiy veb-sayti yoki «Uzbekistan Airways»ning barcha sotuv ofislarida xarid qilish mumkin.
27 Dec 2019

"Uzbekistan Airways" Yangi yil lotereyasining g‘oliblari aniqlandi!

"Uzbekistan Airways" Yangi yil lotereyasining g‘oliblari aniqlandi! Yangi yil arafasida "Uzbekistan Airways" Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida yo‘lovchilar o‘rtasida bonusli ballarni yutib olish onlayn-lotereyasini o‘tkazdi. Yangi yil lotereyasi g‘oliblari 27 dekabr kuni "Uzbekistan Airways" AJ Direktsiyasi binosida random.org tasodifiy raqamlar generator dasturi orqali maxsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlandi. Ishtirokchilar orasida uchta sovrinli o‘rin o‘ynaldi. Natijada, bu kuni Kamoliddin Jamalxanovga omad kulib boqdi va u 30 000 ball egasiga aylandi, Atabek Butayev 20 000 ball hamda Alena Tsoy 10 000 ball yutuq egasi bo‘ldilar. Eslatib o‘tamiz, ushbu ballarning barchasidan g‘oliblar "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining qatnovlariga mukofot aviabiletlarini olishda foydalanishlari mumkin. G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz, aviakompaniyamizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga yangi yilda yangi zafarlar tilab qolamiz!
25 Dec 2019

Bulutlar uzra internet: yangi yil chegirmalari!

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi yangi yil bayrami kunlarida o’z yo’lovchilariga do’st va yaqinlar bilan arzonroq narx evaziga aloqada qolish imkoniyatini taqdim etadi: samolyot sahnida mavjud bo’lgan internet-paketlarning barcha turlarida 45% CHEGIRMA amal qilmoqda! Eslatib o’tamiz, internet tarmog’iga ulanish uskunalari aviakompaniyamizning Airbus A320neo va Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida o’rnatilgach, yo’lovchilarda bir qator turli hajmdagi internet-paketlar xarid qilish imkoniyati paydo bo’ldi: LITE paketi (20 MB) turli messendjerlardan foydalanmoqchi bo’lgan yo’lovchilarga tavsiya etiladi. MEDIUM paketi (50 MB) ijtimoiy tarmoq va turli saytlardan foydalanmoqchi bo’lganlarga mo’ljallangan. STREAM paketidan (120 MB) yengil internet serfing qilmoqchi bo’lgan yo’lovchilar foydalanishlari mumkin. BUSINESS (220 MB) – barcha paketlarning imkoniyatini o’z ichiga olgan maksimal hajmga ega bo’lgan paketdir.  Internet-paketlarni aviakompaniyamizning rasmiy saytida (qatnov parvozidan bir sutka oldin), yoki samolyot sathida parvoz davomida xarid qilish mumkin. Bulutlar uzra parvoz davomida yerdagi qulaylikardan foydalaning!  
21 Dec 2019

“Uzbekistan Airways” xabar bermoqda

Amritsar aeroportida ob-havo yomon (tuman, ko‘rinish darajasi past), bo‘lgani sababli HY-423 Toshkent - Amritsar qatnovi ob-havo yaxshilanmaguncha keyinroqqa qoldirildi. Tushunasiz degan umiddamiz. "Uzbekistan Airways"ning barcha yangiliklaridan xabardor bo‘lib turing.
19 Dec 2019

“Uzbekistan Airways” xabar bermoqda

Namangan aeroportida meteorologik sharoitlar yomonlashgani sababli (tuman, ko‘rish darajasi past), Toshkent-Namangan-Novosibirsk yo‘nalishidagi  HY-669 qatnovi 11:30 ga qoldirildi.  Natijada HY-670 Novosibirsk-Namangan-Toshkent qatnovi ham qoldirildi. Shuni ta‘kidlash joizki, Farg‘ona aeroportida ham yomon ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, shu sababli parvozlar kechiktirilishi mumkin. Tushunasiz degan umiddamiz! “Uzbekistan Airways” yangiliklaridan doimo xabardor bo‘lib turing!
19 Dec 2019

“Uzbekistan Airways” xabar bermoqda

HY-628 Moskva (Vnukovo) – Farg‘ona yo‘nalishida parvoz qiladigan samolyot belgilangan aeroportga kechikib yetib keladi. Yo‘lovchilardan biri - O‘zbekiston fuqarosining sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli samolyot uchish-qo‘nish yo‘lidan samolyotlar turargohiga qaytdi. Yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng samolyot belgilangan aeroportga uchib ketdi. "Uzbekistan Airways"ning barcha yangiliklaridan xabardor bo‘lib turing.
17 Dec 2019

“Uzbekistan Airways” xabar bermoqda

“Farg‘ona” va “Nukus” aeroportlarida meteorologik sharoitlar yomonlashgani (tuman, ko‘rinish darajasining pastligi) sababli  HY-627 Farg‘ona-Moskva va HY-017 Toshkent-Nukus qatnovlari ob-havo sharoiti yaxshilanmaguncha keyinroqqa qoldirildi. Tushunasiz, degan umiddamiz!
16 Dec 2019

"Uzbekistan Airways"ning yangi yil lotereyasida yutuqli ballarni yutib oling!

Yangi yil arafasida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Uzbekistan airways” rasmiy sahifasida bonusli ballarni yutib olish uchun onlayn-lotereya o‘tkazmoqda. O‘yin "UZAirPlus" tez-tez uchadigan Dastur qatnashchilari o‘rtasida o‘ynalmoqda. Agar siz ushbu Dasturning a’zosi bo‘lmasangiz, aviakompaniyaning veb-saytida https://www.uzairways.com/uz/uzairplus/register-online- havolasida ro‘yxatdan o‘tishingiz va UzAirPlus Dasturining shaxsiy a‘zosi raqamini olishingiz kerak. O‘yinda ishtirok etish uchun aviakompaniyaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Uzbekistan airways” rasmiy sahifasida onlayn-lotereya o‘tkazilganligi haqida nashrning ostiga "Yoqadi" belgisini qo‘yishingiz kerak, shuningdek sharhlarda UzAirPlus Dasturidagi o‘zingizning shaxsiy raqamingizni ko‘rsatishingiz zarur. Uchta mukofot o‘ynaladi: 1-o‘rin – 30 000 ball 2-o‘rin – 20 000 ball 3-o‘rin – 10 000 ball. Onlayn lotereya g‘oliblari 27-dekabr kuni Random.org tasodifiy raqamlar generator dasturi orqali maxsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlanadi. Sovrin ballari g‘oliblarga nashrga izohlarda ko‘rsatilgan UzAirPlus Dasturi ishtirokchilarining shaxsiy hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Mukofot ballaridan "Uzbekistan Airways" AJ qatnovlariga mukofot aviabiletlarini rasmiylashtirishda foydalanish mumkin. Muayyan miqdordagi ballarni to‘plaganingizdan so‘ng, siz ularni xizmat ko‘rsatish klassini oshirish yoki mukofot parvozi uchun ishlatishingiz mumkin. UzAirPlus Dasturi ishtirokchilariga taqdim etiladigan xizmatlardan faqat "Uzbekistan Airways"ning muntazam qatnovlarida foydalanish mumkin. O‘yin g‘oliblarining nomlari aviakompaniyasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Uzbekistan airways” rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.
13 Dec 2019

“Uzbekistan Airways” xabar bermoqda

“Namangan” aeroportida yomon ob-havo sharoiti tufayli quyidagi qatnovlarning jo‘nash vaqti o‘zgardi: HY-097 Toshkent - Namangan HY-643 Namangan - Sankt-Peterburg HY-644 Sankt-Peterburg - Namangan HY-098 Namangan - Toshkent Ushbu qatnovlarning aniq jo‘nash vaqti haqidagi ma‘lumot keyinroq e‘lon qilinadi.
12 Dec 2019

Axborot xabari

Farg‘ona va Namangan aeroportlariga qo‘nishga xalaqit bergan yomon ob-havo sharoiti tufayli Boeing 757 HY-628 Moskva (Vnukovo) - Farg'ona reysi bilan “Toshkent” aeroportiga qo‘ndi. HY-628 Moskva (Vnukovo) - Farg'ona va HY-669 Toshkent-Namangan yo‘nalishidagi ikkinchi parvoz 13 dekabr soat 09:00 da rejalashtirilgan. «Uzbekistan Airways» AJ nomidan yomon ob-havo sharoiti bilan bog‘liq noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz!

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: