7 dekabr - Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

07 Dec 2019

Har yili 7-dekabrda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni (International Civil Aviation Day) nishonlanadi.  Ushbu bayramning tashabbuskori Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) bo‘lib, u xalqaro miqyosda parvozlar xavfsizligini, aviatsiya xavfsizligini, samaradorligini va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xalqaro standartlar va qoidalarni belgilab beradi, shuningdek a’zo davlatlar o‘rtasida fuqaro aviatsiyasining  barcha sohalarida hamkorlik qilish vositasi hisoblanadi.

1992-yilda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganidan so‘ng aviatorlar mamlakatimizning ICAOga kirishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishni boshladilar.  Qisqa vaqt ichida ko‘plab kompleks tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirildi.

1992-yil 12-noyabrda O‘zbekiston tomonidan Chikago konventsiyasining imzolanishi va mamlakatning ICAOga to‘liq qo‘shilishi tarixiy voqea bo‘ldi.  "Uzbekistan Airways" AJ mutaxassislari ICAO ishida faol ishtirok etadilar.  O‘zbek aviatorlarining faol pozitsiyasi tufayli mamlakatimizda ICAO standartlari, eng zamonaviy va zarur qoidalari, o‘lchov birliklari, geodezik koordinatalar tizimi va boshqa muhim parametrlar joriy etildi.

Barcha aviatorlarni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni bilan tabriklaymiz, xavfsiz parvoz, yo‘nalishlar geografiyasini kengayishini va musaffo osmon tilaymiz!

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: