8-dekabr – O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

08 Dec 2019

«Uzbekistan Airways» barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi bilan qutlaydi!

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati, mamlakatimiz mustaqilligining yorqin timsolidir. Uning qabul qilinishi mamlakat suverenitetining muhim bosqichlaridan biriga aylandi. Asosiy qonun inson huquqlari va erkinliklarini, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun asos yaratdi. U ijtimoiy munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi hamda fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi.

Konstitutsiyaviy huquqning asosini amaldagi Konstitutsiyaning o‘zi tashkil etadi. Har qanday milliy huquqiy tizimda Konstitutsiyaning roli va o‘rni muhim va ustuvor hisoblanadi. Har bir davlat o‘z konstitutsiyasiga va o‘ziga xos konstitutsiyaviy rivojlanish yo‘liga ega. Shuni ta‘kidlash kerakki, barcha davlatlar uchun xos bo‘lgan universal konstitutsiyaviy model mavjud emas va bo‘lishi ham mumkin emas. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi ham bundan mustasno emas.

Mamlakat tanlagan yo‘l va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida erishilayotgan yutuqlar O‘zbekiston Konstitutsiyasi qoidalarini amalga oshirishning amaliy natijalaridir.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: