Ona tili - milliy qadriyatlarimizning asosidir

21 Oct 2019

O‘zbek tili mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy-ma‘rifiy rivojlanishida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dunyoning eng qadimiy va eng boy tillaridan biri hisoblanib, xalqimizning milliy o‘ziga xosligi va mustaqil davlatchiligining ramzi, uning bebaho ma‘naviy boyligi va buyuk qadriyatidir. Milliy merosimizning asoslaridan biri  hisoblangan ona tiliga bo‘lgan katta e‘tibor tufayli 1989-yil 21-oktyabrda "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi, uning asosida so‘nggi yillarda o‘zbek tili mustahkam huquqiy baza va yuqori maqomga ega bo‘ldi.

Mamlakatimizning  barcha joylarida bo‘lgani kabi “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasida ham o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi keng nishonlanadi. Davlatimiz rahbarining “Davlat tili to‘g‘risida” gi qonun qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida ”gi qaroriga binoan Kadrlar boshqarmasining Ijtimoiy siyosat boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar dasturiga muvofiq, aviakompaniya Direktsiyasida mahalliy va xorijiy yozuvchilarning asarlari, bolalar adabiyotlari taqdim etilgan kitob ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

Ushbu yubiley sanasini nishonlash doirasida bo‘linmalar tomonidan ona tilimizning o‘rni va nufuzini oshirish va uning boy imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan badiiy va ma‘rifiy kechalar ham tashkil etiladi. Shuningdek, aviakompaniya xodimlari va yoshlari poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy bog'ida o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etadilar.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: