O‘zbekiston bo‘ylab press-tur

09 Nov 2019

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu boradagi yo‘nalishlardan biri – chet el sayyohlik agentliklari, kompaniyalar, turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun turli info-turlarni tashkil etishdir.

Joriy yilning 9-15 noyabr kunlari “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Buyuk Britaniyaning yetakchi sayyoh jurnalistlari uchun navbatdagi press-turni tashkil etdi.

“Sophie Ibbotson & the UK Travel Journalists” kompaniyasi boshlig‘i Sophie Ibbotson 2018 yilning oktyabr-noyabr oylarida ham bir qator sayyoh jurnalistlar bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Bu galgi sayohatda Angliyaning mamlakatimizga tashrif buyurishga qiziqish bildirgan boshqa bir guruh jamoasi yig‘ilgan.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan Buyuk Britaniyalik mehmonlar, nafaqat poytaxtning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, balki Nukus, Xiva, Buxoro, G‘ijduvon va Samarqandning tarixiy joylariga tashrif buyurib, qadimiy me’moriy yodgorliklarning betakror go‘zalligi va ulug‘vorligidan bahramand bo‘lish bilan birga o‘zbek milliy taomlarini tatib ko‘rish hamda milliy hunarmandchiligimiz, an’ana va qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

“Uzbekistan Airways” tomonidan tashkil etilgan mazkur press-tur, shubhasiz, Buyuk Britaniya Qirolligi mamlakatlarida O‘zbekiston sayyohlik yo‘nalishini yanada ommalashtirishga va O‘zbekistonga sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Londonga haftasiga ikki marta - seshanba va juma kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: