"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi mamlakatning turoperatorlari bilan turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

28 Jun 2019

MAK Direktsiyasida "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi va O‘zR Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi rahbarlarining mamlakatimizning yetakchi sayyohlik kompaniyalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirning maqsadi respublika sayyohlik yo‘nalishini rivojlanishining dolzarb jihatlarini muhokama qilishdan iborat edi.

Tadbir ishtirokchilari kirish va ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlik mavsumi davomida kurort shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni oshirish hamda parvozlar muntazamligini ko‘paytirish, respublika fuqarolari va mamlakatga kelgan xorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi masalalarni muhokama qildilar. Sayohat kompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan sayyohlik xizmatlarining sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator takliflar bildirildi, bu esa xorijiy sayyohlarni O‘zbekistonga jalb etish va ichki turizmni rivojlantirishga yordam beradi.

Uchrashuvda mamlakatimiz milliy sayyohlik salohiyatini ichki va tashqi bozorda yanada samarali rag‘batlantirish maqsadida "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi sayyohlik sohasini rivojlantirishni, xorij mamlakatlarida o‘zbek turizm yo‘nalishini ommalashtirish va ko‘plab chet el sayyohlarini mamlakatga jalb etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda davom etishi ta’kidlandi. 

Tadbirda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari U.Husanov va O‘zbekiston Respublikasi turizmini rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari U.Kasimxodjayev ishtirok etdi.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: