"O‘zbekiston havo yo‘llari" qatnovlarini Domodedovo aeroportidan Vnukovo aeroportiga o‘tkazadi

03 Oct 2018

2018-yilning 28-oktabridan boshlab “O`zbekiston havo yo`llari”ning O`zbekiston shaharlaridan Moskvaga boradigan va qaytadigan barcha qatnovlari “Domodedovo” xalqaro aeroportidan “Vnukova” xalqaro aeroportiga o`tkaziladi.

Qatnovlar amaldagi jadval bo`yicha o`zgarishlarsiz, ilgari sotib olingan aviachiptalarda ko`rsatilgan vaqtlarda bajariladi.

“O`zbekiston havo yo`llari”ning “Vnukova” aeroportidan bajariladigan qatnovlari to`g`risidagi axborotlarni ma’lumotlar berish markazining +998 78 140-02-00 telefoni orqali yoki Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining ma’lumotlar berish xizmati telefoni +998 78 140-28-01 orqali olishingiz mumkin.

Yangiliklar arxivi

Pages

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: