"O‘zbekiston havo yo‘llari" Tbilisiga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

16 Jul 2019

Joriy yilning 16-iyulidan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Gruziyaning quyoshli poytaxti Tbilisi shahriga muntazam parvozlarni amalga oshira boshladi. Tbilisining xalqaro aeroportida ilk qatnov yo‘lovchilarini Gruziyaning O‘zbekistondagi elchisi Zurab Abdushelishvili, Gruziya Milliy turizm ma’muriyati rahbari Mariam Kvrivishvili, boshqa vazirlik va idoralar rahbarlari, Milliy aviakompaniyaning Tbilisidagi vakolatxonasi mutaxassislari, aeroport xodimlari, mahalliy ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari tantanali ravishda kutib olishdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi muntazam qatnovlar do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va ikki davlat hamkorligini, jumladan, sayyohlik sohasida ham, kengaytirishga xizmat qilishini ta‘kidladilar.

Ta‘kidlash joizki, I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan Gruziya poytaxtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta, har seshanba va juma kunlari zamonaviy va qulay Airbus va Boeing avialaynerlarida amalga oshiriladi.

Yangiliklar arxivi

Pages

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: