O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Rossiya janubida namoyish etildi

05 Nov 2019

Krasnodar shahrida O‘zbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulligi va "Uzbekistan airways" vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan "O‘zbekistonga sayohat!" taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Krasnodar o‘lkasining turizm vazirining o‘rinbosari Yekaterina Fidyayeva, o‘ttizdan ortiq turoperatorlari va sayyohlik kompaniyalari ishtirok etdilar.

Videolavhalar bilan namoyish etilgan rangli taqdimot ishtirokchilarga respublikamizning boy sayyohlik salohiyati bilan tanishish, sayyohlik yo‘nalishlari va mamlakatimizni Rossiya mintaqasi bilan bog‘lab turadigan O‘zbekiston milliy aviatashuvchisining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlari to‘g‘risida ma‘lumot olish imkonini beradi.

Tadbir davomida "Uzbekistan airways" Krasnodar shahridagi vakolatxonasi ishtirokchilar orasida Krasnodar-Toshkent-Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha ikkita bepul o‘ynalgan chipta  egalari mahalliy  “Natali-Tur”  va “Roza vetrov”  sayyohlik kompaniyalari vakillari bo‘ldi.

Shuningdek, mehmonlarga "Navbahor" folklor raqs guruhining ashula va raqslari bilan kontsert dasturi taqdim etildi. Tadbir o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar va palovning tatib ko‘rilishi bilan yakunlandi.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: