Qadrlaymiz, unutmaymiz, va faxrlanamiz!

09 May 2019

Bugun, 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK  poytaxt aeroportidagi Xotira yodgorligi oldida aviakompaniya O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Oʻzbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi, rahbariyati, faxriylar va MAK tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari ishtirokida tantanali miting boʻlib oʻtdi.

An‘anaga ko‘ra, aviakompaniya yoshlari urush va mehnat fronti ishtirokchilarini hamda soha faxriylarini harbiy orkestr sadolari ostida gullar bilan kutib oldilar.

Tabrik so‘zlari bilan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi bosh direktori Baxtiyor Hakimov hamda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori Valeriy Tyan faxriylarga murojaat etdi. Ular, yillar, asrlar o‘tsa ham tinch hayot uchun jonini fido qilgan fidoyi vatandoshlarimizning nomlari abadiy xalqimiz xotirasida qolishini ta’kidlab o‘tdilar.

Bu kunda biz qonli urush yillari qiyinchilklarni mardonavor jasorat bilan qarshilab, jangu maydonlarda halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning barchasini yodga olamiz va bugungi kunda oramizadagi faxriylarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatamiz.

O‘zbekiston urush paytida ishonchli ortga aylandi. Sanoat korxonalari harbiy ehtiyojlar uchun yo‘naltirilgan bo‘lib, g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanildi. Ishchilar va muhandislar bilan birgalikda ayollar, qariyalar, o‘smirlar respublikamizga evakuatsiya qilingan yuzdan ortiq zavod va fabrikaning faoliyatini tashkil etish uchun astoydil va fidokorona mehnat qildilar.

Frontga ikki mingdan ziyod samolyotlar, ko‘plab boshqa harbiy texnika va qurol-yaroq, harbiy-tibbiy poezdlar, yuzlab dala oshxonalari, ko‘p miqdordagi oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kerakli mahsulotlar yuborildi.

Og‘ir sinovlar havo floti xodimlari zimmasiga ham tushdi. Uchuvchilar, texniklar, shturman va boshqa aviamutaxassislar birinchilar qatorida jo‘nab ketdilar.

Urushning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistondan 15 nafar samolyotda aviatorlarning birinchi guruhi jang maydoniga uchib ketdi.  

A.Taymetov, G.Aripov, I.Pazilov, I.Popelnitskiy, V. Galishev va boshqa aviatorlar birinchilar qatorida harbiy xizmatga chaqirildilar.

Bugun biz shiddatli janglarda halok bo‘lganlarning xotirasi oldida bosh egamiz, shuningdek, biz bilan bo‘lgan va tinchlik davrida vafot etgan faxriylarni hurmat bilan tilga olamiz. Ular Vladimir Dronov, Vasiliy Bedrin, Aleksandr Lushnikov, Ivan Grebennikov, Toshxan Xodjaev, Bakir Sultonov, Yuriy Xilkov, Aleksandr Kaloshin, Nina Kuznetsova, Atxam Gazinazarov, Gapur Aripov, Fathulla Nazrullayev, Yakov Melnikov, Konstantin Motigin va boshqalar. Xotiralari obod bo‘lsin.

Oramizda yashayotgan hurmatli faxriylarimiz Solih Baxtiyarov va Yunis Gorchakovlardan minnatdormiz. Yorqin kelajagimizga qo‘shgan xissangiz uchun cheksiz hurmat va rahmat aytamiz.

Biz mustaqil, jadal rivojlanayotgan mamlakatda yashaymiz va har birimiz xalqimizning ulkan mehnati, fidoyiligi va qat‘iyatligi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va yutuqlari bilan faxrlanamiz. 

Aziz faxriylar! Sizlarni Xotira va Qadrlash kuni bilan chin dildan tabriklaymiz, sizlarga mustahkam sog‘liq, farovonlik va uzoq umr tilaymiz!

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: