Qatnov ushlanib qolmoqda

09 Dec 2019

Yo‘lovchi va kutib oluvchilar uchun muhim ma’lumot! Avvalroq xabar qilganimizdek, tuman sababli ikkita aeroportlar havo kemalari qabuli uchun berkitildi va Uzbekistan Airwaysning bir nechta qatnovlari ushlanib qolmoqda. Qo’shimcha qilamizki:

Namangan-Moskva yo’nalishi bo’yicha parvoz qiluvchi HY-619 qatnovining uchishi 8-dekabr soat 19:15 dan 9-dekabr kuni soat 12:00 ga ko’chirildi;
HY-606 (Moskva- Samarqand) qatnovining uchishi soat 01:25 dan 16:10 ga (9-dekabr) ko’chirildi;

HY-42 (Samarqand - Toshkent) qatnovining uchishi soat 06:25 dan 10:00 ga (9-dekabr) ko’chirildi, Toshkentga qo’nish vaqti soat 10:40 da;
HY-95 (Toshkent - Namangan) qatnovining uchishi soat 08:35 dan 10:00 ga (9-dekabr) ko’chirildi.

Ob-havo sharoitlari sabab yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz va tushunishingizdan umidvormiz.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: