Sankt-Peterburgdagi taqdimot

20 Sep 2019

2019-yil 18-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining shimoliy poytaxtida O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyati va “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining xizmatlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidagi vakolatxonasi aviakompaniyaning aviatashuvlarini sotish bo‘yicha bosh agenti “AeroTur” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda yirik mahalliy va Shimoli-g‘arbiy federal okrugi turistik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Respublikamizning boy sayyohlik salohiyati va Milliy aviakompaniyaning tashuvlar borasida keng imkoniyatlari taqdimoti davomida 2019-yil bahor-yoz mavsumida Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlik oqimi 30 foizga oshgani va bu rossiyalik mehmonlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan, shuningdek, milliy aviatashuvchining barqaror ishlashidan dalolat ekani ta’kidlandi. Tadbir qatnashchilariga “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya qishki parvozlar jadvalidagi yangiliklar,  xalqaro hamda tranzit yo‘nalishlarida parvozlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar borasida ma’lumot taqdim etildi.

Shubhasiz, bunday tadbirlar nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va turizmni rivojlantirishga, balki ushbu mintaqada O‘zbekiston sayyohlik yo‘nalishi va Milliy aviakompaniyamiz xizmatlarini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: