“Uzbekistan Airways Technics” texnik xizmat ko‘rsatishning yangi turini o‘zlashtirdi

23 Aug 2019

“Uzbekistan Airways Technics” (“UAT”) aviakorxonasining texnik xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassislari tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Airbus A320 samolyotining shassi tirgagichlarini almashtirish bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatishning yangi turi ilk marotaba amalga oshirildi.

Ta‘mirlash ishlari o‘z vaqtida va yuqori sifat bilan bajarildi.

Mazkur turdagi samolyotlarda bunday murakkab texnik operatsiya o‘n yilda bir marta amalga oshiriladi. O‘zlashtirilgan texnik jarayon samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi va  aviatashuvchiga ularni qisqa muddatda ekspluatatsiyaga qaytarishga yordam beradi.

Joriy yil oxirigacha “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” ning yana bir necha Airbus A320 va Boeing 757 havo laynerlaridagi shassi tirgagichlarini almashtirishni rejalashtirmoqda. Texnik xizmat va ta’mirlashning ushbu murakkab shakli ilk marta Boeing 757 samolyotida 2009-yil yanvar oyida o‘zlashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Davavianazorat va xalqaro aviatsiya hukumatlarining sertifikatlari, aviakorxona mutaxassislariga texnik xizmatning mazkur turini boshqa aviakompaniyalar samolyotlarida ham bajarishga imkon beradi.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: