Uzbekistan Airways yo‘lovchini tashuvlari sonini 3 millionga yetkazdi

17 Dec 2018

Uzbekistan Airways yo‘lovchini tashuvlari sonini 3 millionga yetkazdi

17-dekabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2018- yil boshidan buyon uch millioninchi yo'lovchini ro'yxatdan o‘tkazdi. Aviakompaniya uchun bu muhim voqea bo‘ldi, chunki uch millionlik korsatkichga 26 yil davomida aviatashuvchi ilk bora erishdi. Aviakompaniyaning bu raqam ostidagi yo‘lovchisi HY 334 Dubay-Toshkent qatnoviga ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Iskandar Fozilov bo‘ldi.

I.Fozilovga uning maxsus yo‘lovchi ekanligi Dubay shahri aeroportida ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtida ma’lum qilinib, Boeing 787 samolyot bortida ham ekipaj a’zolari nomidan alohida tabriklar e’lon qilindi. I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimini o‘tkazish uchun aviakompaniya va Ommaviy axborot vositalari vakillari yig‘ilishdi.  “Kun qahramoni”ga tabrik so‘zlari, esdalik sovg‘alari,  jumladan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotining maxsus maketi va istalgan yo‘nalishga aviabilet sertifikati taqdim etildi.

Aviakompaniya maxsus yo‘lovchini bir kunda tashilgan yo‘lovchilar o‘rtacha miqdorini aniqlash tizimi asosida avvaldan belgiladi. Qatnov va yo‘lovchi, ya‘ni "kun qahramoni" ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng aniqlandi.

Uzbekistan Airways quvvatidan samarali foydalanish joriy yilda yo'lovchi tashuvlari bo‘yicha bunday yuqori natijaga erishish imkonini berdi.

Aviakompaniya tomonidan yo‘lovchi oqimini uch millionli ko‘rsatgichdan oshirish borasidagi harakatlar davom etmoqda.

Uzbekistan Airways parvozlar geografiyasini kengaytirish, yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar sonini ko‘paytirish, samolyotlar parkini yangilash va kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash kabi maqsadli ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: