Xavfsiz mehnat ustuvor ahamiyatga ega

01 May 2019

Xavfsiz mehnat ustuvor ahamiyatga ega

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining «Uzbekistan Airways Techniks» aviakorxonasida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ning 100 yilligiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, Aviatsiya hodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, MAK Direktsiyasri, rahbariyat jamoasi, sex kasaba uyushmalari qo‘mitalari va

aviakorxonaning mehnat muhofazasi bo‘yicha vakolatli vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari XMTning korxona faoliyati xavfsizligi va samaradorligini ta'minlashdagi ahamiyati, "UAT" AK va MAK tarkibiy bo‘linmalarining 2018 yilgi mehnat muhofazasi va texnik xavfsizlik holati, yosh mutaxassislarning mehnat muhofazasi, jarohatlar va kasbiy kasalliklarni oldini olish, shuningdek, aviahodimlar uchun ijtimoiy adolat va munosib ishni ta‘minlash haqida ma‘ruzalar tinglandi.

So‘zga chiqqanlar tomonida mehnatni muhofaza qilish choralari har tomonlama bartaraf etilishi kerakligi, qabul qilinadigan qarorlar samarali bo‘lishi va muayyan vaqt ichida bajarilishi kerakligi,shuningdek, mehnatni muhofaza qilishni oldini olishga jiddiy yondoshish, har bir ish joyidagi texnologik operatsiyalar xavfsizligi uchun o‘rta zveno boshqaruvi tomonidan mas‘uliyat va nazoratni kuchaytirish, barcha darajalarda mehnat muhofazasi holatini o‘z vaqtida va samarali tarzda ma‘muriy va jamoatchilik nazoratini ta‘minlash zarurligi borasida ta‘kidlanib o‘tildi.

Xulosa qilib, seminar tashkilotchilari yana bir bor ishtirokchilar e'tiborini munosib mexnatni ta’minlashga, uni amalga oshirish uchun xavfsiz ishni tashkil etishning yangi, yanada mukammal usullarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish muhimligiga qaratdilar.

Tadbir yakunida "Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi" ko‘rik tanlovi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G'olib va sovrindorlarga aviakorxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yangiliklar arxivi

Pages

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: