Yangi yil munosabati bilan bayram chegirmalari

27 Nov 2018

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yangi yil arafasida joriy yilning 31-dekabridan 3-yanvarigacha barcha yo‘lovchilar uchun hamma ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga bayram chegirmalarini taqdim etadi:

Individual yo‘lovchilar uchun - 30%

Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o‘quvchilari,O‘zR IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun - 40%

Oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) - 50%

Nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun - 50%

1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%

Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun - 50%

Chegirmalar (joriy yilning) 2018-yilning 30,31-dekabr, 1- 2- 3-yanvar kunlari barcha mahalliy qatnovlarda amal qiladi.

Chegirmali aviabiletlarni rasmiylashtirish chegirmalarni olish huquqini beruvchi, tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining rasmiy ofislarida amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: