Yangi yil uchun "Uzbekistan Airways"dan chegirmalar!

02 Dec 2019

2019- yil 31-dekabrdan 2020- yil 2-yanvargacha yangi yilni nishonlash munosabati bilan "Uzbekistan Airways" barcha mahyalliy qatnovlarga chegirmalar joriy etadi. Chegirmalar O‘zbekiston Respublikasi hududida chiptalarni sotib olishda respublikamiz aholisi va xorijlik sayyohlar uchun  taqdim etiladi.

Bayram chegirmalari:

- individual yo‘lovchilar uchun - 30%;

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o‘quvchilari,O‘zR IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun - 40%;

- oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) - 50%;

- nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun - 50%;

- 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%;

- chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun - 50%;

Chegirmalar barcha mahalliy qatnovlarda belgilangan muddat davomida amal qiladi.

Chegirmali aviabiletlarni "Uzbekistan Airways"ning aviabiletlar sotuvi ofislarida chegirmalarni olish huquqini beruvchi, tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.

Yangiliklar arxivi

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: