Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

07 Dec 2019

7 dekabr - Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

Har yili 7-dekabrda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni (International Civil Aviation Day) nishonlanadi.  Ushbu bayramning tashabbuskori Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) bo‘lib, u xalqaro miqyosda parvozlar xavfsizligini, aviatsiya xavfsizligini, samaradorligini va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xalqaro standartlar va qoidalarni belgilab beradi, shuningdek a’zo davlatlar o‘rtasida fuqaro aviatsiyasining  barcha sohalarida hamkorlik qilish vositasi hisoblanadi. 1992-yilda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganidan so‘ng aviatorlar mamlakatimizning ICAOga kirishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishni boshladilar.  Qisqa vaqt ichida ko‘plab kompleks tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirildi. 1992-yil 12-noyabrda O‘zbekiston tomonidan Chikago konventsiyasining imzolanishi va mamlakatning ICAOga to‘liq qo‘shilishi tarixiy voqea bo‘ldi.  "Uzbekistan Airways" AJ mutaxassislari ICAO ishida faol ishtirok etadilar.  O‘zbek aviatorlarining faol pozitsiyasi tufayli mamlakatimizda ICAO standartlari, eng zamonaviy va zarur qoidalari, o‘lchov birliklari, geodezik koordinatalar tizimi va boshqa muhim parametrlar joriy etildi. Barcha aviatorlarni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni bilan tabriklaymiz, xavfsiz parvoz, yo‘nalishlar geografiyasini kengayishini va musaffo osmon tilaymiz!
05 Dec 2019

​​Maldiv orollariga charter qatnovlar!

Uzbekistan Airways “Aznur Travel” MChJ bilan hamkorlikda Toshkent-Male (Maldivlar)–Toshkent yo’nalishi bo’yicha to’g’ridan to’gri charter qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar Boeing-757 samolyotlarida amalga oshiriladi. Qatnovlar jadvali: 2019-yil 28-dekabr: Toshkent 09:15 – Male 15:20 Male 17:15 – Toshkent 23:20.   2020-yil 05-yanvar: Toshkent 09:15 – Male 15:20 Male 17:15 – Toshkent 23:20.   2020-yil 14-yanvar: Toshkent 09:15 – Male 15:20 Male 17:15 – Toshkent 23:20. Har bir manzil uchun mahalliy vaqt ko’rsatilgan. Ushbu qatnovlarga chiptalarni sotib olish borasidagi barcha savollar bilan “Aznur Travel” MChJ hamkorimizga murojaat qilishingiz mumkin: + 998-97-444-36-36 + 998-97-440-36-36
04 Dec 2019

"Uzbekistan Airways" - "Vnukovo" aeroportining punktuallik reytingi yetakchisi

“Vnukovo” xalqaro aeroporti (Rossiya) 2019-yil bahor-yoz mavsumi yakunlari bo‘yicha "Aviakompaniyalarning punktuallik reytingi" sovrindorlarini mukofotladi. “Uzbekistan Airways” bir vaqtning o‘zida - “100 mingdan 1 milliongacha yo‘lovchilar oqimi toifasidagi eng punktual aviakompaniya” va “Muntazam xalqaro yo‘nalishlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” nomonatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ta‘kidlash joizki, "Uzbekistan Airways" “Vnukovo” aeroporti mukofotini birinchi marta qo‘lga kiritayotgani yo‘q. O‘zbekistonning aviakompaniyasi 2018-2019 yillar kuz-qish mavsumi natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan punktuallik reytingida "Eng jadal rivojlanayotgan xorijiy aviakompaniya" nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan edi. Bugungi kunda "Uzbekistan Airways" tomonidan “Vnukovo” xalqaro aeroportiga haftasiga 49ta qatnov, Toshkentdan 21ta va mahalliy aeroportlardan 28ta qatnov amalga oshiriladi.
27 Nov 2019

«Uzbekistan Airways» - «Malaysia – Central Asia Fashion Designers» ko‘rgazmasida

2019-yil 26-noyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida Markaziy Osiyo dizaynerlarining tantanali kechasi bo‘lib o‘tdi, unda Malayziyaning taniqli dizayneri Jimmi Chuning taklifiga binoan mamlakatimiz vakillari ham ishtirok etishdi. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi va Malayziyaning "Rafflesia Pearl" zargarlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan kechada Markaziy Osiyoning 5 davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston dizaynerlarining ishlari namoyish etildi. Mamlakatimiz nomidan "Azukar Moreno" nomi bilan tanilgan yosh, iqtidorli va istiqbolli dizayner Kamola Rustamova ishtirok etdi. Uning defile kolleksiyasi namoyishidan oldin "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining bortkuzatuvchilari formasi namoyish etildi. Buxoro Qirolligi uslubida ishlangan gala-oqshomning tematik dizayni va o‘zbek dizayneri tomonidan namoyish etilgan modellar ko‘rgazma mehmonlari va ishtirokchilariga O‘zbekistonning turli xil madaniy merosining g‘ayrioddiy muhitiga kirib borishga, o‘zbekona joziba va xalqimizning o‘ziga xos an‘analari bilan tanishishlariga imkon berdi. Ushbu modaga bag‘ishlangan tadbir doirasida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasida havo transporti xizmatlarining barcha turlari, shu jumladan aviakompaniya parki, yo‘nalishlar tarmog‘i, yangi yo‘nalishlar va havo kema bortida ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar taqdim etildi. Tadbirda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi dizayner Jimmi Chuni mamlakatimizga tashrif buyurishga taklif qildi. Shuningdek, malayziyalik taniqli oshpaz Datuk Chef Wan (DatukChefWan)ning 2020-yil mart oyida O‘zbekistonga safari e‘lon qilindi. "Malayziya - Markaziy Osiyo moda dizaynerlari" gala-kechasida ishtirok etish O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va "Uzbekistan Airways" imkoniyatlarini namoyish etish va targ‘ib qilish, shuningdek, yangi aloqalar o'rnatish va respublikamizga Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo va Malayziyadan potentsial sayyohlarni jalb qilish uchun yaxshi maydon bo‘lib xizmat qildi.
27 Nov 2019

"Uzbekistan airways" Toshkent - Nur-Sulton - Toshkent yo‘nalishida bepul bagaj tashuvi meyyorini oshiradi

2019-yil 28-noyabrdan boshlab O‘zbekiston aviatashuvchisi Toshkent – Nur-Sulton va Nur-Sulton - Toshkent qatnovlarida bepul bagaj tashuvi meyyorini oshirmoqda: - biznes-klassda - 30 dan 40 kg gacha; - ekonom klassda - 20 dan 25 kg gacha. Eslatib o‘tamiz, oshirilgan bepul bagaj tashuvi meyyori 2020-yil 31-martgacha amal qiladi.
27 Nov 2019

Axborot xabari

“Uzbekistan airways” aviakompaniyasining HY-642 qatnovi bilan Sankt-Peterburg – Buxoro yo‘nalishida parvoz qilayotgan Boeing 757 havo layneri yomon ob-havo (kuchli tuman) bois  “Buxoro” xalqaro aeroportiga qo‘nolmadi hamda ekipaj qarori bilan Navoiy shahri zaxira aeroportiga uchdi. Samolyot soat 12:58 da “Navoiy” xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Ayni vaqtda havo kemasi belgilangan manzilga uchishga tayyorlanmoqda.
25 Nov 2019

“AeroTur” kompaniyasidan tashakkurnoma

"AeroTur" MChJ kompaniyasi "Uzbekistan Airways"aviakompaniyasiga O‘zbekistonning sayyoh salohiyatini jadal ommalashtirish hamda Sankt-Peterburg va Moskvadagi yirik sayyohlik agentliklari direktorlari va sayyohlik bloggerlarga mamlakatimizga reklama turini tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi. Kompaniya rahbariyati tomonidan O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishini rivojlantirish hamda mamlakatimizga ekskursiya va MICE turlarini ommalashtirishga hissa qo‘shadigan sayyohlik sohasi mutaxassislari, jurnalist va bloggerlar uchun respublikamizga "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi qatnovlarida reklama info-turlarni tashkil etishga qaratilgan birgalikdagi say-harakatlar muhimligini ta‘kidlandi.
25 Nov 2019

Uchuvchilar tayyorlash kursiga qabul haqida!

“Uzbekistan Airways” Aviakompaniyasining O‘quv-mashg‘ulot Markazida 2-dekabrdan boshlab fuqarolar aviatsiyasi uchuvchilarining dastlabki tayyorgarligi kurslarida o‘qish uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish boshlanadi. Qabul talablari: - hujjat topshirish vaqtida yoshi 27 ga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; - tugallangan texnik oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar; - chet el oliygohini tugallagan taqdirda, oliy ma’lumot haqidagi diplomning nostrifikatsiya qilinganligi haqida guvohnomaga ega bo‘lganlar; - natijasi 6.0 dan past bo‘lmagan IELTS sertifikatiga ega bo‘lganlar; - harbiy biletga ega bo‘lganlar va harbiy xizmatga yaroqli bo‘lganlar; Yuqorida keltirilgan shartlarning birortasiga rioya qilinmagan taqdirda hujjatlar qabul qilinmaydi, belgilangan talablardan chetlanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlar qabul qilingach, nozmodlar tibbiy ko‘rik, malakali psixolog qabuli va oliy matematika va fizikadan imtihonlardan o‘tishadi. Markaz sayti: www.aviatraining.uz Manzil: Qumariq ko‘chasi, 120-uy. Mo‘ljal: Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportidan Aviashaharcha tomon yo‘nalishdagi jamoat transporti bekati.
21 Nov 2019

"Uzbekistan Airways" Boku va Nur-Sultonga qatnovlari uchun tariflarni pasaytiradi

Joriy yilning 22-noyabridan boshlab "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent-Boku-Toshkent va Toshkent-Nur-Sulton-Toshkent yo'nalishlarida iqtisod klassdagi tariflarni pasaytirdi. Zaruriy sana uchun aviabiletlar narxini 78-140-02-00 raqamiga qo'ng'iroq qilib aniqlashtirish mumkin. Aviabiletlarni aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti www.uzairways.com da yoki "Uzbekistan Airways"ning barcha savdo ofislarida sotib olishingiz mumkin.   Eslatib o'tamiz, "Uzbekistan Airways" Bokuga haftasiga uch marta seshanba, payshanba va yakshanba kunlari, Nur –Sulton shahriga yakshanba kunidan tashqari har kuni muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.
17 Nov 2019

“Davlat bayrog‘i - mening faxrim va g‘ururim!”

Ushbu shior ostida 18-noyabr kuni mamlakatimizda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinganligining 28 yilligi keng nishonlanadi. Davlat ramzlari, ayniqsa bizning bayrog‘imiz muqaddas ramz sifatida hamisha e’tirof etilgan. Ularda xalqimizning buyuk davlat qurish g‘oyasi, uning salohiyati, irodasi, ulkan milliy kuchi, milliy va madaniy o‘ziga xosligi hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi aks etgan. 1991-yildan buyon davlat bayrog‘i qabul qilingan kun alohida bayram sifatida nishonlanishi O‘zbekiston hukumati va fuqarolarimizning o‘z davlatchiligi, suvereniteti va mustaqillik ramzlariga chuqur hurmatining yorqin namunasidir. Har yili ushbu kunda butun mamlakat bo‘ylab, shu jumladan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasida ham turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilinadi. Bugungi kunda tarixiy qadriyatlarimiz va mamlakatimizda mavjud bo‘lgan qudratli davlatlar bayroqlariga xos eng yaxshi an’analar asosida yaratilgan O‘zbekiston bayrog‘i dunyoning barcha burchaklarida g‘urur bilan hilpirab, respublikani xalqaro maydonda namoyish etmoqda. Istiqlol ramzlarini bilish, qadrlash va hurmat qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchidir, chunki ular xalqimizning faxri va g‘ururi, vatanga sadoqat va muhabbat timsolidir.

Pages

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: