Kompaniya yangiliklari

09 Nov 2018

Endi aviabiletlarni MasterCard orqali sotib olishingiz mumkin

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviabiletlarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Oldin mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, saytimizda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.< >

16 Jan 2019

«Nukus» aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini rivojlantirish va sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida “Nukus” aeroportida "Ochiq osmon" rejimi joriy etilmoqda. Mazkur rejimga muvofiq, havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimlarga binoan tayinlangan xorijiy aviakompaniyalar “Nukus” aeroportiga parvozlar sonini cheklovsiz amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar. “Nukus” aeroportidagi “Ochiq osmon” rejimi 2019-yil aprel oyidan kuchga kiradi.
28 Feb 2019

Amaldagi tadbirlar

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshligʻi S.Xasanov, Oʻzbekiston Respublikasi IIB “Toshkent” aeroportida jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimi vakili S.Abdushukurov va aeroport Yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida yosh aviaxodimlar bilan tadbir oʻtkazildi. Mazkur yigʻilishda yosh aviaxodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarga uy-joyga ega boʻlish, taʼlim olish va oʻz qobiliyatlarini namoyish etishga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, jamoat joylari va aeroport hududida tartib intizomni saqlash masalalari borasida soʻz yuritildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili aviaxodimlarni ogoh boʻlishga chaqirib, bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida “Xavfsiz shahar” Konsepsiyasi targʻib etilayotgani haqida toʻxtalib, shahrimiz darvozasi hisoblangan aeroportda xavfsizlikni taʼminlash barcha xizmat xodimlarining burchi ekanligini eslatib oʻtdi. Shuningdek, aviaxodimlar lavozim vazifalarini masʼuliyat bilan bajarishi, belgilangan qonun normalariga rioya etishi zarurligini va qonunni bilmaslik, hech kimni javobgarlikdan ozod etmasligini alohida taʼkidladi. Tadbirda poytaxt havo maskani koʻp yillardan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda ishlab kelayotgani, qator tadbir va tanlovlarni birgalikda tashkil etayotgani, ayniqsa yoshlar bilan ishlashdagi faol xizmatlari uchun aeroportning bir guruh xodimlari shahar Kengashi tomonidan “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlandilar.
28 Feb 2019

Ogohlik – davr talabi

«Navoiy» xalqaro aeroportida “Ogohlik – davr talabi”, “Korrupsiya- halokatga yoʻl”, “Terrorizm - jamiyat kushandasi” mavzularida targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi. Aeroport xodimlari ishtirokidagi mazkur yigʻilishga Navoiy viloyati transport prokuroturasi, IIB TJXTB Xavfsizlik profilaktikasi, IIB TJXT boʻlimi, “Zarafshon” aeroporti JXTB vakillari xamda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Navoiy viloyat Bosh imom-xatibi noibi taklif etildi. Tadbir avvalida xalqaro aloqalar hamda xorijlik sheriklar bilan oʻzaro manfaatli hamkorliklarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasiningoʻrni, parvozlar xavfsizligi, istiqboldagi rivoji borasida soʻz borib, aviakompaniya xodimlarining mehnat intizomini mustahkamlash, xizmat vazifalariga masʼuliyat bilan yondashishini taʼminlash va huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Yigʻilish davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati oʻrganilib, unda ijtimoiy–iqtisodiy hayotning barcha sohalarida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun zarur tartib–qoidalar va ularning huquqiy asosalari mavjudligi eslatiboʻtildi. Shuningdek, tadbir tashkilotchilari tomonidan bugungi kunda jahonda sodir boʻlayotgan voqealar, din niqobi ostida amalga oshirilayotgan terrorchilik holatlariga ham munosabat bildirildi, yurtimizda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbirlar haqida ham soʻz yuritilib, barchamiz ogoh boʻlishimiz, yurtimizni koʻz qorachigʻidek asrashimiz zarurligi alohida taʼkidlandi.
28 Feb 2019

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Pokistonga parvozlarni bekor qildi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston oʻrtasidagi siyosiy mojarolar tufayli havo yoʻllari yopilganligi sabab 2019 yil 1 martdagi Lahor-Toshkent qatnovini bekor qildi. Yoʻlovchilarga qoʻshimcha toʻlov va ovoragarchiliklarsiz aviabiletlarni qaytarish va qayta bron qilish imkoniyati taqdim etiladi. Uzbekistan Airways kutilmagan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
28 Feb 2019

Muhim xabar

Hindiston va Pokiston chegarasidagi vaziyat tufayli Mumbay, Dehli, Singapur va Bangkokdan Toshkentga bajariladigan qatnovlar Toshkent vaqti bilan soat 00:30da amalga oshiriladi. Yo‘nalish o‘zgarishi sababli, parvozning davomiyligi oshadi. Qo‘nish vaqtini "Toshkent" aeroportidan aniqlashingizni so‘raymiz. Uzbekistan Airways kutilmagan noqulayliklar uchun uzr so'raydi.
28 Feb 2019

Toshkent-Milan va Toshkent-Tel-Aviv qatnovida uchib ketuvchilar uchun ma‘lumot

Uzbekistan Airways favqulotda kutilmagan holat tufayli 28-fevral kunidagi qatnovlar jadvaliga o‘zgartishlar kiritmoqda. HY255 Toshkent-Tel-Aviv 12:00ga ko‘chiriladi HY301 Toshkent-Milan 16:00ga ko‘chiriladi MAHALLIY VAQT Uzbekistan Airways ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Mazkur yo‘nalishlarda uchayotgan yo‘lovchilar ushbu raqamlar bilan bog‘lanishlari mumkin: ** “Toshkent” aeroporti: +99878-140-28-01 +99878-140-28-02 +99878-140-28-03 +99878-140-28-04 ** Koll-markaz (8:00dan 20:00gacha): +99878-140-02-00
27 Feb 2019

Axborot xabari

27-fevral kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Amritsar yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan Boeing-767 samolyoti Toshkentga qaytishga majbur bo‘ldi. Bunga Pokiston va Hindiston orqali tranzit qatnovlarining yopilishi, xususan, Pokiston hukumati tomonidan ma‘lum bir havo hududida parvozlarni amalga oshirish uchun taqiqlov sabab bo‘ldi. Milliy aviakompaniya samolyoti “Toshkent” aeroportiga soat 12:28 da muvaffaqiyatli qo‘ndi.  
26 Feb 2019

Uzbekistan Airwaysdan “Navruz” bayramiga chegirmalar!

2019-yilning 21-24-mart bahorgi dam olish  kunlari barcha yo‘lovchilar uchun hamma ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga bayram chegirmalari taqdim etiladi. Individual yo‘lovchilar uchun - 30% Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o‘quvchilari,O‘zR IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun - 40% Oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) - 50% Nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun - 50% 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50% Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun - 50% Chegirmalar ko‘rsatilgan muddat kunlari barcha mahalliy qatnovlarda amal qiladi. Chegirmali aviabiletlarni rasmiylashtirish chegirmalarni olish huquqini beruvchi, tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining rasmiy ofislarida amalga oshirilmoqda.      
22 Feb 2019

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Faxriy Yorliq bilan taqdirlandi

“Yemelyanovo” aeroporti MChJ O‘zbekistonnnig  milliy aviakompaniyasini  2018-yilda Krasnoyarsk aeroporti xalqaro yo‘lovchilar tashuvini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Faxriy yorliq bilan taqdirladi.  2018-yil yakuniga ko‘ra "O‘zbekiston havo yo'llari" MAK Krasnoyarsk aeroporti orqali 14480 nafar yo‘lovchini tashidi. "O‘zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi Krasnoyarsk shahriga haftada ikki marta, dushanba va payshanba kunlari, zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.
20 Feb 2019

Korruptsiyaga qarshi kurashda birlashaylik!

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Havo harakatini boshqarish bosh agentligida korruptsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Huquqni muhofaza qilish organ va agentliklar hodimlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatning asosiy mavzusi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan mazkur salbiy holatni yuzaga kelishining sabab va sharoitlaridan ogohlantirish bilan birga oldini olishga qaratildi. Yig‘ilish ishtirokchilari korruptsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning turlari, ularni oldini olish va ularni kamaytirish borasida so‘z yuritib, jinoiy javobgarlik, jazo turlari, qonunchilik talablari, korruptsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi me‘yoriy hujjatlardagi o‘zgarishlar, O‘zbekistonning huquqiy tizimini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib o‘tishdi. Toshkent aviatsiya transport prokurori Sh.Mamadjanov o‘z nutqida, mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, korruptsiyaga qarshi samarali, xalqaro standartlarga mos institutlar va mexanizmlarni yaratish siyosatini izchil va bosqichma-bosqich bajarayotganini ta‘kidladi. Respublikada "Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi, korruptsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirishga, jamiyatning barcha jabhalarida korruptsiyani oldini olish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali uning barcha shakllarga nisbatan murosasiz munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ishtirokchilarning e‘tibori korruptsiyaning mavjud bo‘lishiga yordam beradigan muhim shartlardan biri ijtimoiy nazoratning kamchiliklari ekaniga qaratildi. Bularga quyidagilar kiradi: shartnoma intizomining buzilishi, mehnat faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish hamda kadrlarni tanlash, joylashtirish va tarbiyaviy ishlardagi kamchiliklar, shuningdek, mansabdor shaxslarning daromadlari va xarajatlari, ularning xizmat vazifalarini bajarishi borasida nazorat yo‘qligi, moddiy va inson resurslaridan foydalanishda isrofgarchilik, korruptsiyaga holatlariga befarqlik va hokazo. Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning asosiy vazifasi jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir. Suhbat chog‘ida respublikaning turli sohalarida sodir etilgan korruptsion jinoyatlardan misollar keltirildi. Bu murakkab, ijtimoiy xavfli hodisaga qarshi kurashda davlat va jamiyatning sa‘y-harakatlarini birlashtirish zarurligi alohida ta‘kidlandi.

Pages

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: