Maxsus taomnoma

O‘z gastronomik ehtiyojlari, dini yoki tibbiy sabablarga ko‘ra yo‘lovchi aviabiletni bron qilish yoki sotib olayotganda (36 soat ichida) maxsus taomni bepul buyurtma qilishi mumkin. Biz quyidagi maxsus taomlarning turlarini taklif qilamiz:

MOML - musulmon menyusi (cho‘chqa go‘shti, jelatin, spirtli ichimliklar tarkibdan chiqarilgan)

KSML - yahudiylar uchun kosher menyusi (pishirishda kosher qoidalariga rioya qilinadi, bu turdagi taomlar Isroildan keltiriadi).

HNML - Hind novegetarian, hindu menyusi (qo‘y, parranda go‘shti, baliq, sutli - achchiq va baharatlı taomlar, unda mol go‘shti, cho‘chqa go‘shti mavjud emas). 

FPML - mevali menyu (yangi uzilgan sarhil mevalar taklif rtiladi )

VGML – qat’iy vegetarian menyusi (hayvon go‘shtlari, sut va tuxum ratsiondan chiqarilgan)

AVML - Osiyo/Hindiston vegetarian taomnomasi – (Sut mahsulotlaridan cheklangan foydalanish bilan lazzatli baharatlı Osiyo/Hind taomlari.  Menyu tarkibida tuxum yo‘q).

 

RVML - xom vegetarian taomnomasi (menyu yangi meva va sabzavotlar, quritilgan mevalar, tabiiy sharbatlardan iborat).

VLML - standart vegetarian taomnomasi (tuxum va sut mahsulotlaridan taomlar, shirdonsiz pishloqlar).

GFML – tarkibida kleykovina mavjud bo‘lmagan menyu (proteinsiz, o‘simlik oqsillari mavjud bo‘lmagan, bug‘doy, javdar, arpa, suli, sut mahsulotlari menyu tarkibidan chiqarilgan)

CHML - 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (menyuda tez hazm bo‘luvchi mahsulotlari, yogurt, mevalar, kraker, pishloq va sharbat mavjud).

 

"Uzbekistan airways"

Aksiyadorlik jamiyati

Davlat resurslari: