Zanglamaydigan po'latdan yasalgan gastronom idishini sotib olish

05 Sep 2019

«Ketring» Davlat Unitar korxonasi quyidagi tovarlarni sotib olishga konkursni o‘tkazadi:

- Zanglamaydigan po'latdan yasalgan qopqoqli gastronom idishi. Hajmi 330x530x50 mm. Miqdori - 15 dona.

- Zanglamaydigan po'latdan yasalgan qopqoqli gastronom idishi. Hajmi 330x530x100 mm. Miqdori - 15 dona.

- Zanglamaydigan po'latdan yasalgan qopqoqli gastronom idishi. Hajmi 330x530x140 mm. Miqdori - 15 dona.

To‘lov shartlari: Avans to‘lovi: 15% /; avans to‘lovining muddati: 10 kalendar kuni ichida; qolgan 85% – Tovar Sotib oluvchining omboriga kelgandan keyin 10 kalendar kuni davomida.

To‘lov valutasi : milliy valuta – so‘m.

Yetkazib berish muddati: Sotuvchining hisob raqamiga oldindan to‘lov o‘tkazilganidan keyin 7 kalendar kunidan oshmagan xolda.

Bajarilishi shart bo‘lgan shartlar:

  • Faoliyati litsenziyalangan bo‘lishi shart. (Agar faoliyatga litsenziya talab qilinsa);
  • Tomonlarning javobgarligi 1998-yil 29 avgustdagi 670-I-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;
  • Tovarni qabul qilish-topshirish vaqtida tovarni past sortda (sifatda) bo‘lishi yoki nuqsoni aniqlangan vaqtida, tovar qabul qilinmaydi;
  • Muvofiqlik sertifikatini mavjud bo‘lishi shart;
  • Yetkazib berilayotgan tovar yangi bo‘lishi shart va ilgari ishlatilmagan bo‘lishi kerak;
  • «Yetkazib beruvchi» Kontraktda ko‘rsatilgan, yuridik manzil bo‘yicha ofisga ega bo‘lishi kerak;
  • Nuqsoni bor tovar, «Yetkazib beruvchi» tomonidan 3 (uch) kunlik muddatda almashtirilishi shart.
  • Tovar e’londa ko‘rsatilgan talablar va texnik parametr (o‘lchamlarga) muvofiq bo‘lishi shart;
  • Yetkazib berish «Buyurtmachining» joylashgan joyigacha.

Alohida shartlar:

Tijorat taklifiga tovar qanday standart (TK) bo‘yicha tayyorlanganligini tasdiqlovchi, hujjat nusxasi yoki muvofiqlik sertifikati (nusxasi sotuvchi tomonidan tasdiqlangan) Guvohnomasi, Litsenziyasi ilova qilinsin.

Yetkazib beruvchi O‘zbekiston bozorida ishlashi shart va ro‘yxatdan o‘tgan ofis bilan shahar telefoniga ega bo‘lishi kerak.

Konkursda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, ishlab chiqaruvchi-zavodlar, chet el va mamlakatimizning firmalari va tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Konkursda ishtirok etish uchun cheklovlar:

Konkurs tanlovida quyidagilarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:

Qayta tashkil etish holatida bo‘lgan, faoliyati tugatilgan yoki bankrot holatdagi, barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim eta olmagan tashkilotlar va firmalar;

Sudlov yoki arbitraj tekshiruvlari holatida bo‘lgan, ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni tegishlicha bajarmagan buyurtmachilar bilan;

Tijorat va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha konkurs komissiyasi talablariga javob bermaydiganlar.

Tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

O‘zbekiston, 100028, Toshkent shahri, I.A.Karimov nomidagi «Toshkent» Xalqaro aeroporti

«Ketring» DUKning direktor o‘rinbosari B.T. Azimovga

Ma’lumot uchun telefon: 215-61-34, tel/faks: 255-25-68

E-mail: dogovoratashkent@mail.ru

Tijorat takliflarining qabul qilinish muddati: 2019-yil 12 - sentabrgacha

Tijorat takliflari pochta, faks, elektron pochtasi orqaliqabul qilinadi.

Elektron pochta orqali ilova qilinadigan hujjatlar rahbar imzosi va muxr bilan skaner qilingan bo‘lishi lozim.

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: