“UzAirPlus” dasturining oilaviy “Family” darajasida ishtirok etish qoida va shartlari.

“UzAirPlus” xolis dasturining “Family” darajasida har qanday ishtirokchi - “SILVER”, “GOLD”, “PREMIUM” individual kartasi egasining oila a’zolari ishtirok etishi mumkin.

Oilaviy dasturda “Family” darajasida “UzAirPlus” dasturi individual kartasi sohibining oila a’zolari ishtirok etishi mumkin. Oilaviy dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolariga quyidagilar kiradi: er, xotin, 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Hisob sohibining boshqa qarindoshlariga dasturda ishtirok etish huquqi berilmaydi.

“UzAirPlus” dasturining oilaviy darajasiga kirish uchun individual dasturning “SILVER”, “GOLD”, “PREMIUM” darajasining doimiy ishtirokchisi “UzAirPlus” xizmati yoki MAK vakolatxonasiga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Oilaviy darajaga ro‘yxatga olish arizachi tomonidan taqim etilgan pasportlar, nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma (rasmiy nikoh tuzilganini tasdiqlovchi har qanday boshqa hujjat), bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari yoki vasiylik to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi. “Family” oilaviy kartasi bir darajaga ega. “SILVER” va “GOLD” darajasi individual kartasi egasining imtiozlari oila a’zolariga taqdim etilmaydi.

Har bir ishtirokchi - individual karta egasi bittadan ortiq bo‘lmagan oilaviy hisob ochish huquqiga ega, bunda qaysi ishtirokchi nomiga hisob ochilgan bo‘lsa, shu ishtirokchi hisob egasi hisoblanadi. Ishtirokchining individual hisobi bekor qilinishi yoki yopilishi hollarida – oilaviy karta ham xuddi shunday bekor qilinadi yoki yopiladi.

Faqat hisob egasigina ro‘yxatga olingan xohlagan oila a’zosiga kelgusida mukofotlarni yozib berish uchun o‘zining “SILVER”, “GOLD”, “PREMIUM” kartalari shaxsiy hisobidan “Family” darajasi hisobiga ballarning istalgan miqdorini o‘tkazishi mumkin. Qolgan oila a’zolari tomonidan ularning shaxsiy kartalaridan (hisoblarni birlashtirish) “Family” hisobiga ballarning o‘tkazilishi, huddi shunday tarzda ballarni hisob egasi hisobiga qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Family” kartasining mavjudligi oila a’zolariga boshqa individual darajalarda shaxsan ishtirok etish imkoniyatini beradi. Bunda hisob egasi yoki uning oila a’zolari foydalangan aviachiptalar uchun ballar tanlovga ko‘ra, uning individual hisobiga yoki “Family” darajasi hisobiga hisoblanadi. Ballar aviachiptani yozib berish vaqtida ko‘rsatilgan hisobga hisoblanadi (individual yoki oilaviy).

  “UzAirPlus” dasturining oilaviy darajasi ishtirokchilariga mukofot xizmatlarini taqdim etish tartibi.

Ishtirokchining oilaviy darajasida sovrinli ballarni yig‘ish.

Dastur ishtirokchisi hisoblangan barcha oila a’zolari “Family” darajasi hisobida sovrinli ballarni yig‘ish huquqiga ega.

“Family” darajasi hisobida sovrinli ballarni yig‘ish Karta egasining individual hisobidan ballarni o‘tkazish yo‘li bilan, yoxud hisob egasining foydalanilgan aviachiptalari, shuningdek, Dastur ishtirokchilari hisoblangan uning oila a’zolari tomonidan foydalanilgan aviachiptalar uchun sovrinli ballarni hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda “Family” darajasi hisobiga sovrinli ballar 2-jadval zonalariga binoan ballar miqdoridan 0,75 koeffitsient bilan hisoblanadi (hisob egasining individual hisobidan o‘tkaziladi).

“Family” oilaviy darajasida ballarning zarur miqdori yig‘ilgan vaqtdan boshlab (“Family” darajasi hisobining egasi ballarning zarur miqdorini hisobga o‘tkazadi) oila a’zolari va hisob egasi mukofot chiptasini olish yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Oilaviy daraja ishtirokchisining oila a’zolari uchun mukofotni rasmiylashtirish.

“Family” darajasining ishtirokchilariga mukofot chiptalari yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish 3-jadvalga binoan ballarning zarur miqdori hisobidan yig‘ilgan sovrinli ballar hisobiga rasmiylashtiriladi.

Mukofot aviachiptalari kuzatuvchisi bo‘lmagan bolalarni tashish uchun rasmiylashtirilmaydi.

Sovrinli ballarning amal qilish muddati.

Yig‘ilgan sovrinli ballar ular hisoblangan parvoz bajarilgan vaqtidan boshlab 36 oy davomida amal qiladi.

Agar oila – oila a’zolari ballarning amal qilish muddati davomida ulardan foydalanmagan bo‘lsa, 36 oydan ko‘p vaqt ilgari bajarilgan parvozlar uchun berilgan ballar bekor qilinadi.

Dasturining “Family” darajasida ishtirok etayotgan bolalar 16 yoshga to‘lganidan so‘ng dasturdan chiqib ketadi.

Agar oila a’zolari so‘nggi hisobga olingan haqiqiy parvoz sanasidan keyin 18 oy davomida parvozlarni amalga oshirmasa, hisob bekor qilinadi.

Ishtirokchining individual hisobi bekor qilingan yoki yopilganda, oilaviy karta ham xuddi shuningdek yopilishi yoki bekor qilinishi lozim.

2427

Yuqoriga

O'zbekiston Respublikasining

Milliy Aviakompaniyasi

Davlat resurslari: